1. Yevropa rivojlangan davlatlari pensiya ta`minoti tizimi,modellari va rivojlanish tarixi


Download 388.72 Kb.
bet1/11
Sana15.10.2023
Hajmi388.72 Kb.
#1704493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi ChMPT Obloqulova S


Reja:
Kirish…………………………………………………………………………..….3
1. Yevropa rivojlangan davlatlari pensiya ta`minoti tizimi,modellari va rivojlanish tarixi……………………………………………………………………………….5
2. Yevropa rivojlangan davlatlari pensiya ta`minoti tizimida olib borilgan islohotlar ……………………………………………………………………….....13
3.O`zbekiston pensiya ta`minoti tizimini boshqa yevropa rivojlangan mamlakatlari xorij tajribasi asosida takomillashtirish masalalari………………………………..25
Xulosa…………………………………………………………………………….31
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………………33


Kirish
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasining asosini, avvalambor, inson manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar tashkil qiladi. Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish ko‘zda tutilgan bo‘lib, “fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish”1 chora-tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilgan. Bu maqsadda Harakatlar strategiyasini “2018-yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida “Aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan. Hududlar kesimida “iste’mol savatchasi”ni hisobga olgan holda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mo‘ljallanmoqda”.2 “Davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul taqdim etiladigan protezortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini ko‘paytirish hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish”3 choralari ham belgilangan.
Bugungi kunga kelib pensiya ta’minoti har qanday demokratik davlatda yashovchi insonlarning ajralmas huquqi hisoblanadi. Bu mamlakatlarda milliy pensiya tizimlarining o‘ziga xos shakllanish tarixi, yaqin va uzoq tarixdagi taraqqiyot bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bugungi globallashuv sharoitida rivojlanish tendensiyalari mavjud. Shuningdek, turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Bu o‘ziga xosliklar pensiyaga chiqish yoshi v pensiya stajlaridagi farlarning mavjudligi, pensiyalarni tayinlash, hisoblash va to‘lash tartiblarining turlichaligi, pensiyaga sarflanadigan mablag‘larni moliyalashtirish manbalari tarkibi va tuzilishining har xilligi, pensiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarinig amal qilishi, pensiya fondlarining moliya bozorlaridagi ishtiroki va pensiya jamg‘armalarining investitsion resurs sifatida ishlatilishida namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimini samarali tashkil etish, uning moliyaviy manbalarini mustahkamlash masalalarida xorijiy tajribani chuqur o‘rganish, xorijiy davlatlardagi pensiya ta’minotidagi ijobiy jihatlarni milliy pensiya tizimimizga tatbiq etish, shu asosda mamlakatimiz pensiya tizimining iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlash masalalari bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi hamda tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.


Download 388.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling