1. yuk ko’tarish mexanizmlarini ishlatishda xavfsizlik tadbirlari


 Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi


Download 266.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.12.2022
Hajmi266.13 Kb.
#1025523
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5217778123768079419

 
4. Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi 
 
Ishlab chiqarish korxonalarida siqilgan havo, gaz, shuningdek pnevmatik 
asbob-uskunalar keng ishlatiladi. Bunday asbob uskunalarni ishga tushirish yoki 
siqilgan havo hosil qilishda kompressorlar foydalaniladi. 
Kompressor tuzilishi va ishlatilish xususiyatiga ko’ra ko’chma, stansionar va 
kompressor qurilmalaridan iborat bo’ladi. Bosim ostida ishlovchi kompressorlarga 


xizmat ko’rsatuvchi ishchi maxsus kiyim-bosh, poyafzal, titrashga qarshi qo’lqop va 
himoya kaskasiga o’rnatilgan shovqindan asrovchi (quloqchin) bilan ta’minlangan 
bo’lishi hamda xavfsizlik texnikasi bo’yicha malakali o’qitilgan bo’lishi lozim. 
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan barcha kompressorlarda monometr o’rnatilgan 
bo’lishi va ular standartlash va o’lchov asboblari qo’mitasi tomonidan har yili 
tekshirilib turilishikerak. Kompressor detallarni yog’lashda faqatgina zavod 
pasportida ko’rsatilgan yog’lash materiallaridan foydalanish talab etiladi. Boshqa 
yoglovchi materiallarni ishlatish taqiqlanadi. 
Har ish kuni boshlanishi oldidan, kompressorlarning barcha elementlarini 
yaxshilab ko’zdan kechirish, bunda siqilgan havoni normal miqdordan ortib 
ketmasligini ta’minlab turuvchi avtomatik qurilmalar va ortiqcha havoni chiqarib 
yuboradigan klapanlarning o’z o’rnida bo’lishi va soz ekanligiga e’tibor 
berishikerak.
Kompressor ishlayotganda so’riladigan havo tarkibida zaharli, yengil 
alangalanadigan va portlovchi gazlar hamda changlar bo’lmasligi zarur. Kompressor 
yopiq binolarda ishlatilsa, xonaga havoni ifloslanishini oldini oluvchi moslamalar 
o’rnatilishikerak. Agar ish vaqtida idish, klapanlar, monometr va boshqa ishchi 
organlar yaxshi ishlamayotganligi aniqlansa, kompressor darhol ishdan to’xtatilib 
tegishli ta’mirlash ishlari o’tkazilishi zarur.
Bunday tashqari kompressorning tegishli detallarida sinovdan o’tganligi 
to’g’risida belgi yoki tamg’alari bo’lishi shart, aks holda, bunday kompressorlardan 
foydalanish taqiqlanadi.



Download 266.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling