1. yuk ko’tarish mexanizmlarini ishlatishda xavfsizlik tadbirlari
Download 266.13 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5217778123768079419
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bug’ qozonlaridan foydalanishda xavfsizlik tadbirlari. 4. Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi.
Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskuna qurilmalarning va idishlarning turlari va guruhlanishi 1. YUk ko’tarish mexanizmlarini ishlatishda xavfsizlik tadbirlari. 2. Ortish tushirish ishlarida xavfsizlik tadbirlari. 3. Bug’ qozonlaridan foydalanishda xavfsizlik tadbirlari. 4. Bosim ostida ishlovchi idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi. 1. YUk ko’tarish mexanizmlarini ishlatishda xavfsizlik tadbirlari Xalq xo’jaligi ishlab chiqarishining barcha tarmoqlarida turli xil yuk ko’tarish mexanizmlaridan: oddiy chig’iriklardan tortib, yuqori yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan kranlaridan ham foydalaniladi. YUk ko’tarish mashinalarini ishlatishdagi jarohatlanish sabablarini ikki guruhga bo’lish mumkin: yuk ko’tarish kranlarining avariyasi bilan aloqador va bu avariya bilan aloqasi bo’lmagan jarohatlanishlar. YUk ko’tarish kranlarining avariyasi uning ortiqcha yuklanganligi, mexanizmlarini va yuradigan ostki yo’lini nosozligi sababli sodir bo’lishi mumkin. Kranga ximat ko’rsatishda uning avariyasiga bog’liq bo’lmagan baxtsiz voqealar insonni yuk bilan kranning qo’zg’almas qismi yoki shunga o’xshash ob’ektlar orasiga siqilishida, kran elektr uzatish simlari yaqinida ishlaganda elektr tokidan, ishlovchilarni o’zaro kelishilmagan holatdagi ishni bajarishida hamda kranga xizmat qiluvchi xodimlarni malakasi pastligi oqibatlarida sodir bo’ladi. YUk ko’tarish kranlarida ishlashga xavfsizlik «YUk ko’tarish kranlarini o’rnatish va ishlatish qoidalari» da belgilangan. YUk ko’tarish kranlarini, avtomabildagi va g’ildirakli, xartumli kranlarni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish huquqi 18 yoshdan kam bo’lmagan, tibbiy ko’rikdan, maxsus o’qishdan o’tgan, komissiyaga malakaviy imtihon topshirib, ishonch hujjatini olgan kishilarga beriladi. Bunday mutaxassis xodimlarni tayyorlash tasdiqlangan dastur bo’yicha amalga oshiriladi. YUk ko’tarish kranlariga xizmat ko’rsatadigan xodimlar bilimini takroriy tekshirish komissiya tomonidan bir yilda kamida bir marta o’tkaziladi. Ta’mirlash ustaxonalaridagi texnologik tarmoqlariga montaj qilingan va ish joylaridagi yuk ko’tarish mexanizmlarini u yerdagi ishchilarni o’zlari boshqaradi. SHu sababli ular bilan asosiy kasbi bo’yicha instuktajlardan tashqari ularga ko’tarish mexanizmlari va qurilmalaridan xavfsiz ishlash qoidalarini vaqti-vaqti bilan o’rgatib turish lozim bo’ladi. Korxona rahbari yuk ko’tarish mashinalarini, yuk ko’tarish kranlarini barcha jihozlarini, idishlarni soz holatda bo’lishini, kranlarni texnik nazorat xizmat ishlarini tashkil etishi va taminlashi zarur. Buning uchun har bir korxonada buyruq bilan yuk ko’tarish mashinalarini nazoratini va soz holatini taminlash uchun javobgar injenyer-texnik xodimlar belgilanadi. Bu xodim yuk ko’tarish mashinalarini nazorat qilish, texnik holati va ularni xavfsiz ishlatilishini nazorat qilish, ularni guvohnomalar va ishlatishiga ruxsat berish, nazorat organlarini ko’rsatmalarini bajarish, yuk ko’tarish mexanizmlarini boshkkarishi va unga xizmat ko’rsatishga ishchilarga ruxsat berish tartibiga rioya etilishini tekshirishi va yuk ko’tarish mashinalariga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning bilimini atestasiya qilish komissiyasida ishtirok uchun burchlidir. YUk ko’tarish mexanizmlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarini davlat texnika nazorati qo’mitasi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Nazorat organlari tomonidan qo’l bilan uzatish kranlari 10 t gacha yuk ko’taradigan ko’prik tipidagi yoki buriluvchi kranlan, 1 t gacha yuk ko’taradigan xartumli va bashnyali kranlar va shunga o’xshashliklardan boshqa barcha kranlar qayd qilinishi lozim. Bunday tashqari elektrik yoki qo’l kuchi bilan ishlatiladigan tallar, yuk va odam ko’taradigan lebedkalar, ilgak yoki magnit foydalaniladigan ishlar uchun ishlatilmaydigan kranli ekskovatorlar ham nazorat organlarida qayd kilinmaydi. Barcha turdagi yuk ko’tarish mexanizmlari belgilangan muddatda, tegishli sinov va guvohnomalashlardan o’tkazilib turilishikerak. Davriy guvohnomalash har 12 oyda bir marta, navbatdan tashqari guvohnomalash esa kapital ta’mirlash yoki yuk ko’tarish mexanizmlari boshqa joyga o’rnatilganda o’tkazilishi lozim. YUk ko’tarish mashinalarini to’liq guvohnomalash 3 yilda bir marta o’tkaziladi. YUk ko’tarish mashinalari to’liq texnik guvohnomalanganda statik va dinamik sinovlardan o’tkaziladi. Qisman texnik guvohnomalashda statik va dinamik sinovlar o’tkazilmaydi. YUk ko’tarish mashinalarining elektr uskunalari, boshqarish mexanizmlari, tormoz, signal va dinamik sinovlardan o’tkaziladi. Qisman texnik guvohnomalashda statik va dinamik sinovlar o’tkazilmaydi. YUk ko’tarish mashinalarining elektr uskunalari, boshqarish mexanizmlari, tormoz, signal xavfsizlik uskunalari yuk ko’tarish ilgagi va uni ko’tarish dastalari (arqonlar, bloklar va boshqalar) qarov va tekshirishdan o’tkaziladi.Statik sinov yuk ko’tarish mashinalarini mustahkamlikka tekshirish maqsadida va uning ayrim elementlarini hamda xartumli kranlarni yuk ko’tarishda muvozanatini tekshirish uchun o’tkaziladi. Tekshiruv mexanizmini yuk ko’tarish qobiliyatidan 25 % ortiqcha yuk bilan o’tkaziladi. rasm. Ko’priksimon kranni statik sinash sxemasi. Ko’priksimon kranlarni statik sinash signal quyidagi holatda amalga oshiriladi. Kran tayanch ustidagi kran yo’llariga, uning telejkasi esa balka eng ko’p egiladigan holatda o’rnatiladi (18.1.-rasm). YUk 1 h = 200…300 mm balandlikka ko’tarilgan holatda 10 min davomida ushlab turiladi. SHundan so’ng yuk tushiriladi va qoldiq demormasiya yo’qligi tekshiriladi. Buning uchun metall konstruksiyaga qotirilgan ingichka simga strelka shaklida ko’targich 2 element osiladi. Ushbu ko’rsatkich 2 holatiga ko’ra strelkani egilishi kranni yuklanishgacha va yuklanishidan so’ng o’lchashlar natijasi taqqoslanib aniqlanadi. Xartumli tipdagi kranlarni statik sinovdan o’tkazishda hartum yurish platformasiga nisbatan eng kam muvozanatdagi holatga o’rnatiladi. YUk 100…200 balandlikda ko’tariladi. Agar shu holatda 10 min davomida sinovda kranning konstruksiyasida darz yoki boshqa shikastlanishlar aniqlanmasa kran sinovdan o’tgan deb hisoblanadi. Dinamik sinovda yuk ko’tarish mashinalarining mexanizmlari va tormoz sistemalarining ta’siri tekshiriladi, bunda yuk nominal yuk ko’tarish ko’rsatkichidan 10% ga ortiq bo’lishi barcha mexanizmlari ta’siri tekshiriladi. Kranlarni po’lat arqonlarining yaroqsizligi ular o’ramini bir qadamidagi uzilgan po’lat simlarni foiz hisobida miqdori bilan aniqlanadi. YA’ni arqon o’ramining bir qadamida uzilgan simlar 10 % ni tashkil qilsa u ishlatishga yaroqsiz sanaladi. O’ramning qadami quyidagicha aniqlanadi: buning uchun kichik o’ramlardan biriga bo’r bilan belgi qo’yiladi, so’ng ushbu belgidan arqonni ko’p eyilgan tomoniga o’ramlar soni sanaladi va yana bo’r bilan belgi qo’yiladi bunda o’ramlar soni butun arqonning tashkil qilgan o’ramlar soniga teng bo’lishikerak. Ikki belgi orasidagi masofa o’ramlar qadami bo’ladi. Download 266.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling