1. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari fikrlari
Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni
Download 279.14 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4 rasm uchun
Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni
eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini o’rganib, bu tilgan Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi. Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim... So’ng hisob ilmining haqiqiy yo’llarini ularga ravshanlashtiradigan bo’ldim... ularning kattalari meni o’z tillari bilan “Daryo” deb maqtar edilar”. Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi – yaxshilik va qoralanuvchi – yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo’lib, ularning tayanchini poklik va tozalik deb ko’rsatdi. Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. U mamlakat ravnaqini fan, ma’rifat ravnaqida ko’rgan. Ilm-fan, ma’rifat sahovatli xizmatni o’tashi mumkin deb hisoblaydi. U shunday yozadi: “Mening butun fikru-yodim, qalbim – bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo’ldim. Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”. Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir. Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur-rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish , g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi. Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat “Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi. Download 279.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling