1. Yunon notiqlik san'ati tarixi haqida ma'lumot bеring. Psixologik pauza
Download 34.88 Kb.
|
14-variant.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Abdullo Avioniy. Vatanni suymak. Yod ayting
2. Psixologik pauza
Psixologik pauza. Muallifning matnida yashiringan kuchli hishayajonini psixologik pauza orqali ifodalash mumkin. Psixologik pauza o'quvchi va notiq nutqiga jonlilik kiritib, asarning ta'sirchanligini oshiradi. Psixologik pauza ikki chiziq bilan belgilanadi. Badiiy asarlarning o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, istiora va boshqa tasviriy ifoda vositalari qo'llangan o'rinlarda ham muhimdir. 3. Abdullo Avioniy. Vatanni suymak. Yod ayting Vatan: har bir kishining tugʻulib oʻsgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tugʻilgan, oʻsgan joyini jonidan ortiq suyar. Hatto bu - Vatan hissi - tuygʻusi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon oʻz vatanidan - uyuridan ayrilsa, oʻz yeridagi kabi rohat-rohat yashamas. Maishati talx boʻlur, har vaqt dilining bir goʻshasi oʻz vatanining muhabbati turar. Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari orasida uning 1913-yilda yozgan va 1917-yilda ikkinchi bor nashr qilingan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini oʻrganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan avtorning boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bogʻliqdir. «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta’limiy asardir. Bu asarda Abdulla Avloniy oʻz ijtimoiy va axloqiy-ta’limiy qarashlarini bayon etadi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos Xojibning «Qutadgʻu bilik», Nosir Xusravning «Saodatnoma» Sa’diyning «Guliston» va «Boʻston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbubul qulub», Ahmad Donishning «Oʻgʻillarga nasihat» kabi asarlari tipidagi oʻziga xos bir asardir. XX asr boshlarida bunday asarni oʻzbek tilida birinchi boʻlib Abdulla Avloniy yaratdi va ta’lim-tarbiya ishlarida uni tatbiq etdi.Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi toʻgʻrisida Biz turkistonliklar oʻz vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik issiq choʻllarini, eskimular shimol taraflarini eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga oʻz Vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz «kishi yurtida sulton boʻlguncha oʻz yurtingda choʻpon boʻl», demishlar. Men ayblik emas, ey Vatanim, togʻlarim, Bevaqt tashlab ketdim oy, bogʻlarim. Hijron qilodur meni judoligʻ, Doʻndi gʻama roʻzu, shabu chogʻlarim. Hammaga ma’lumdirki, eng muqaddas diniy yerimiz oʻlan Arabistonga bogʻlarini, havlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana oʻz vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, ya’ni bularni tortib keturgan quvvat oʻz vatanlarining tufroqlarining mehru muhabbatidur. Vatan, vatan deya jonim tanimdan oʻlsa ravon, Banga na gʻam qolur avlodima uyu vatanim. Gʻubora doʻnsa gʻanim, yoʻq vujud asri vahm, Charoki oʻz vatanim xokidur goʻru kafanim, Tugʻub oʻsan yerim ushbu Vatan vujudim xok, Oʻlursa aslina roje’ boʻlurmu man gʻamnok. Download 34.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling