1. Yuridik shaxslar to’laydigan soliq turlari. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliq stavkasi


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning mohiyati, soliq to'lovchilar va uning obyekti


Download 106.45 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1530862
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soliq

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning mohiyati, soliq to'lovchilar va uning obyekti.
O'z faoliyatida bevosita suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lovchilaridir.Suv resruslaridan foydalanganlik uchun soliq, suv manbalarining joylashgan joyidan qat’I nazar, suvdan foydalanuvehilar tomonidan o'zlarining davlat soliq xizmati organlarida ro'yxatdan o'tgan joylarida to'lanadi.Aholi punktlarini suv bilan ta’minlash uchun suvni yetkazib bcruvchi korxonalar faqat o'z faoliyatida foydalanadigan suv uchun soliq to'lovchilar hisoblanadi.Ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanadi. Yer usti suv manbalariga: daryolar, ko'llar, suv omborlari, yer ustidagi boshqa suv havzalari va suv manbalari, kanallar va hovuzlar turlari kiradi.Yer osti manbalariga: artezian quduqlari, vertical va gorizontal drenaj tarmog'i kiradi.
Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq hisoblab chiqarish tartibi va to'lash muddati.
Yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni olingan suv hajmi doirasida hisoblab chiqadilar. Bu soliq bo'yicha hisob-kitoblar yil choraklari bo'yicha va yillik moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchi hisoblanadigan xorijiy investitsiyali korxonalar ushbu soliq bo'yicha hisob-kitobni bir yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadilar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq amalda olingan suvning hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar to'lanadi.Yilning choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun to'laydigan solig'ining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik barobaridan kam bo'lgan korxonalar soliqni yilning har choragida bir marta, yil choraklari bo'yicha moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan muddatlarda to'laydilar. Qishloq xo'jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta joriy yilning 15-dekabrigacha to'laydilar.Yil yakunlari bo'yicha hamma soliq to'lovchilar yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda davlat soliq xizmati organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni summasini hisob-kitobini taqdim etadilar. Soliq to'liq to'lanmagani holda to'lanmay qolgan soliq summasi hisob-kitob taqdim qilinganidan so'ng besh kunlik muddatda budjetga o'tkaziladi.Ortiqcha to'langan soliq summalari to'lovchining yozma arizasi olingan
kundan boshlab soliqlar va yig'imlar bo'yicha qarz bo'lmagani holda 30 kun muddatda soliq idorasi tomonidan soliq to‘lovchiga qaytariladi yoki navbatdagi to'lovlar hisobiga o'tkaziladi.Yuridik shaxslaming suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha budjet hisob-kitoblarning buxgalterlik hisobi 68-Budjet bilan hisob-kitoblar, hisobvarag'i, Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hisobvarag'ida amalga oshiriladi.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling