1. Yuridik shaxslar to’laydigan soliq turlari. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliq stavkasi
«O'zbekiston Respublikasining 2007-yildagi asosiy
Download 106.45 Kb.
|
Soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxslar yer solig‘ini tolovchilari va soliq obyekti.Yer solig‘i stavkalari va uning hududiy tabaqalashtirish asoslari
«O'zbekiston Respublikasining 2007-yildagi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat budjctining pnramclrlari to‘g‘risidagi PQ- 532-sonli qarorida bayon qilingan.Yer uchastkasiga egalik qilish luiquqi bor yuridik shaxs yer solig'ini to'lovchi bo'lib hisoblanadi. Soliq qonunlariga asosan, yer solig'ini hisoblash va budjetga o'tkazib bcrish majburiyati yuridik shaxsga yuklatiladi.
Yuridik shaxslar yer solig‘ini to'lovchilari va soliq obyekti.Yer solig‘i stavkalari va uning hududiy tabaqalashtirish asoslari. Yer solig'ini to'lovchilar bo'lib o'zining mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalari bo'lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.Soliqqa tortish maqsadlarida yuridik shaxslar deganda mulkchiligida, xo'jalik yuritishda yoki operativ tarzdagi boshqaruvida mol-mulkka ega bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ana shu mol-mulk bilan javob beruvchi, shuningdek, mustaqil balansga va hisob-kitob raqamiga ega bo'lgan har xil turdagi korxonalar va tashkilotlar shu jumladan, ularning alohida bo'linmalari tushuniladi.Yagona soliq to'lashga o'tgan kichik korxonalar, savdo tashkilotlari yer solig'i to'lamaydilar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi Qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig'ini joriy etish to’g’risidagi Farmoniga muvofiq qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilari 1-yanvar 1999-yildan boshlab budjetga to'lanadigan barcha soliq va to'lovlar o'miga yagona yer solig'ini to'laydilar.Yagona yer solig'i to'lovchilari bulmish qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqarishlari uchun boj to'lovi, litsenziya yig'imlari, bulardan tashqari jamq'armalarga ajratmalar, shuningdek, alkogolli mahsulotlarga aksiz solig'ini to'lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.Yagona yer solig'ini to'lovchilar quyidagilar hisoblanadi: 1) qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer xo'jaliklari, agrofirmalar, shuningdek, boshqa qishloq xo'jaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchilar, bu yuridik shaxslar qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan birga boshqa xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanishdan qat’i nazar, yagona yer solig'ini to'lovchilar hisoblanadilar; 2) qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar o'z ixtiyoriga ko'ra budjetga kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliqni yoki qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan yagona yer solig'ini to'laydilar. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ining to'lovchilari mulkchilik shaklidan qat’i nazar, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari bo'yicha quyidagi guruhlarga bo'linadi:sanoat korxonalari;Yer solig'i stavkalari har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.Qoraqalpoq'iston Respublikasi va viloyatlar bo'yicha qishloq xo'jalik yerlariga yagona yer solig'ining muvaqqat bazaviy stavkalari, ma’muriy tumanlar va shaharlar bo'yicha sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlari uchun yagona yer solig'ining bazaviy stavkalari, shuningdek, yagona yer solig'i muvakkat bazaviy stavkalaming tuzatish koefFitsiyentlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qishloq xo'jaligi yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig'i eming sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo'yicha undiriladi.Shaharlar va shahar posyolkalarining ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo'jalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig'i qishloq xo'jalik yerlariga belgilangan stavkalaming ikki baravari miqdorida undiriladi.Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer solig'i uch baravar miqdorda undiriladi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish organlarining qaroriga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig'i o'miga budjetga ijara haqi to'laydilar. Ijara haqi taraflaming kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig'ining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan ko'p bo'lmasligi, yerlardan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa-bir stavkasi miqdorida bo'lishi lozim.Yerni ijaraga olganlar hisobi, ijara to'lovi hisobini taqdim qilish, ijra to'lovini hisoblash va to'lash yer solig'i bo'yicha belgilangan tartib bilan amalga oshiriladi. Download 106.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling