1. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i. Yer qa'ridan foydalalanganlik uchun soliqlar, ularning to‘lovchilari, soliq ob'yekti va soliq bazasi


Download 26.41 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi26.41 Kb.
#1212634
Bog'liq
5 Yer qa\'ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va byudjetga undirish tartibi.


Mavzu: Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va byudjetga undirish tartibi.

Reja:
1.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i.
2.Yer qa'ridan foydalalanganlik uchun soliqlar, ularning to‘lovchilari, soliq ob'yekti va soliq bazasi.
3.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1990 yilda O‘zbekistonda “Yer to‘g‘risida” qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko‘ra erga egalik qilish va erdan foydalanishning pullik bo‘lishi belgilandi hamda yer uchun haq yillik yer solig‘i sifatida undiriladigan bo‘ldi.


1991 yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”, 1993 yilda “Yer solig‘i to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda yer solig‘ini undirishda soliqqa tortish ob'yekti, sub'yektlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartiblari ko‘rsatib berildi. 1997 yilda “Soliq kodeksi”ning qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig‘ining to‘laqonli huquqiy asoslari yaratildi.
Yer solig‘ini to‘lovchilar
Soliq qonunchiligiga ko‘ra o‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi.
Agarda soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan yuridik shaxslar (mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq ho‘jalik korxonalari, tadbirkorlik faoliyatining qat'iy soliq to‘lanishi belgilangan yuridik shaxslar, audio va video kassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar) hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalaniladigan erlari uchun yer solig‘ini to‘lovchilari hisoblanishadi.
Yer solig‘i ob'yekti, bazasi va soliq stavkalari.
Soliq kodeksiga ko‘ra mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish ob'yekti hisoblanadi. Soliq kodeksining 280-moddasiga ko‘ra quyidagilarga soliq solish ob'yekti sifatida qaralmaydi:
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari jumlasiga maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi erlari va boshqa shu kabi erlar;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan erlar);
kommunal-maishiy erlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
zahira yerlar.
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar
jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garajlarining umumiy foydalanishdagi erlari. Ularga borish yo‘llari, ariqlar, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa erlar kiradi;
tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar, ov qilishga mo‘ljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda maxsus maqsadlar uchun berilgan, ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar);
suv fondi yerlari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv havzalari sohilidagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar);
elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar.
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ularning inshootlari egallagan yerlar. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda ularning indekslari va tartib raqamlarini ko‘rsatgan holda tegishli ro‘yxatlarga kiritilgan avtomobil yo‘llari taalluqlidir.
2022 yil 1 yanvardan boshlab:
muhim tijorat salohiyatiga ega boʻlgan quyidagi foydali qazilmalar ob’yektlari boʻyicha geologik oʻrganish yoki avval oʻrganilgan yer qa’ri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maхsus tartibi oʻrnatiladi:
uglevodorodlar;
qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar;
boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar ob’yektlari. 
Bunda sotuv summasi yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining хarajatlarini chegirgan holda respublika byudjetiga oʻtkaziladi. Tanlov savdolari tashkilotchisi yoki ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari boʻyicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega;
geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari oʻtkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi solish ob’yekti hisoblanmaydi;
geologik oʻrganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya toʻlovi joriy qilinadi. Ushbu toʻlov ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorda hisoblab chiqiladi. Toʻlovning 70%i respublika byudjetiga, 15%i – viloyat mahalliy byudjetiga, 15%i – tuman (shahar) mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab foydali qazilmalarni qazib olish hamda ularni aniqlash va razvedka qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusi va imzoli bonus bekor qilinadi.
Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilardan ozod etiladi:
konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish davrida geologik qidiruvni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maхsus teхnikalarni vaqtincha olib kirishda davriy bojхona toʻlovlaridan;
konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, moddiy-teхnika resurslari va maхsus teхnikalarni import qilishda bojхona bojidan.
Prezidentning 28.04.2000 yildagi PF–2598-son Farmonining 4-bandi 3-хatboshisida neft va gaz konlarini izlash ishlarini amalga oshiradigan хorijiy kompaniyalarga taqdim etilishi belgilangan imtiyozlar uglevodorod konlarini aniqlash va qidirishni amalga oshiruvchi mahalliy korхonalarga ham tatbiq qilinadi.
Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaхslarga QQS summasini qoplab berish Soliq kodeksida belgilangan tartibda, biroq ariza berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab:
tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi stavkasi 0% miqdorida belgilanadi;
yuridik shaхslar tabiiy gazni import qilishda bojхona bojidan ozod qilinadi.
Vazirlik va idoralarga 2021 yil 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 1 yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini kiritish topshirildi:
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz boʻyicha 10%gacha, oltin va mis uchun 7%gacha, volfram uchun 2,7%gacha va uran uchun 8%gacha kamaytirish;
yer qa’ridan foydalanuvchilarning kapital хarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olishni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun renta daromadi soligʻini joriy etish;
yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50%iga kamaytirilgan stavkani qoʻllash;
2021 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda tabiiy gaz, neft va ayrim turdagi boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani ularni tashish hamda qayta ishlash bilan bogʻliq хarajatlar summasiga kamaytirish;
noruda foydali qazilmalar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini unifikatsiya qilish;
renta daromadi soligʻini toʻlovchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga soliq hisobini AQSh dollarida yuritish huquqini berish.

Xulosa
Soliq qonunchiligiga ko‘ra o‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi.
Agarda soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan yuridik shaxslar (mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq ho‘jalik korxonalari, tadbirkorlik faoliyatining qat'iy soliq to‘lanishi belgilangan yuridik shaxslar, audio va video kassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar) hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalaniladigan erlari uchun yer solig‘ini to‘lovchilari hisoblanishadi.
Download 26.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling