1 Z. M. Bobur. Boburnoma tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Download 158.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Boburnoma savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zahhok
1 Z.M.BOBUR. BOBURNOMA Tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi G`.Haqnazarov 1. “Muharram oyi o‘zbakni daf qilish maqsadida Xurosonga jo‘nadik” . “Boburnoma”dan olingan ushbu parchadagi ostiga chizilgan so`zga izoh bering. J: Bobur bu yerda Muhammad Shayboniyxon boshchiligida o‘zbek ulusi, ya’ni Dashti Qipchoqning sharqiy qismidan XVI asr boshida Movarounnahr hududiga kirib kelgan ko‘chmanchi urug‘-qabilalarni nazarda tutmoqda. 2. “G‘urband va Shibartu yo‘li bilan ravona bo‘ldik”. “Boburnoma”dan olingan ushbu parchadagi ostiga chizilgan so`zga izoh bering. J: G‘ u r b a n d – Kobuldagi tumanlardan biri; S h i b a r t u – Hindukush tog‘idagi dovonlardan birining nomi. 3. “U aymoqni o‘ziga qo‘shib olsa, yana ne yomonliklar-u fitnalar sodir bo‘lishi mumkin”. “Boburnoma”dagi Boburning ushbu fikrlarni kim haqida aytilgan? J: J a h o n g i r m i r z o – Umarshayx mirzoning o‘g‘li, Boburning ukasi. 4. Bobur Ustur shahriga yetganda kimlarni u yerda qoldirib ketadi? J: Vali xazinachini va Davlat Qadam qarovulni 5. “Zahhok qal’asiga yetib keldik. Undan Gunbazak dovonidan oshib, Soyqon orqali tushib, Dandonshikan dovonidan o‘tib, Kohmard sayxonligiga tushildi”. “Boburnoma”da ostiga chizilgan so`zlarga izoh bering. J: Z a h h o k – Bomiyondagi qal’a nomi. G u n b a z a k – Xurosonda joylashgan dovon. S o y q o n – Xurosonda joylashgan yer. D a n d o n sh i k a n – Xurosonda joylashgan dovon. K o h m a r d – Kobul bilan Balx oralig‘ida joylashgan manzil nomi. 6. Bobur Kobuldan yo`lga tushganligi haqida kimga maktub yuboradi? J: Sulton Husayn mirzoga 7. Bomiyonga yetganda 20-30 kishi bn orqadan kelayotgan kim edi? J: Jahongir mirzo 8. Shayboniyxon Balxni qamal qilganda kim u yerda qo`shbegi edi? J: Sulton Qulichoq 9. Shayboniyxon ikki-uch sultonni uch-to‘rt ming kishi bilan qayerga hujum qilish uchun yuboradi? J: Badaxshonga 10. Muborakshoh va Zubayr kelib yana kimga qo‘shilgan edilar? J: Nosir mirzoga (burunroq qasos va keklari bor edi) 11. O‘zbaklar tong otmayoq tungi qirg‘inga yopirilib kelib, qaysi daryoni kechib o‘tib, Nosir mirzoning ustiga yurdi? J: Kishm daryosini 12. Ko‘histon beklari (Mubo rakshoh va Zubayr) va o`zbeklar o`rtasida bo`lgan jangda qancha o`zbek halok bo`ladi? J: ming-ming besh yuz o‘zbak o‘ldi 13. Nosir mirzoning g`alabasi haqida Bobur qayerda ekanligida xabar topadi? J: Kohmard sayxonligida 14. Boburning lashkarlari qayerlardan don- dun olib keladi? J: O‘g‘riy va Dahonadan 15. Bobur Kohmard sayxonligida ekanligida kimlardan xat keladi? J: Sayyid Afzal bilan Sulton Muhammad do‘ldoydan 16. Xurosondan kelgan xatda nima aytilgan edi? J: Sulton Husayn mirzo vafotining xabari 17. “Jug‘rofiy jihatdan nisbatan umumlashgan nom bo‘lib, turli davrlarda Hirotdan G‘arbiy Erongacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan. Hozirgi paytda u poytaxti Mashhad bo‘lgan shimoli- sharqidagi viloyat bo‘lib, Turkmaniston bilan chegaradosh”. “Boburnoma”dan olingan ushbu ta’rif nima haqida? J: Xuroson 18. Bobur o‘zbaklar qayerlarni talon-toroj qilganidan xabar topib, Qosimbekni lashkar bilan talonchi o‘zbaklar ustiga yuboradi? J: Son va Chahoryakni 19. Bobur Jahongir mirzoga va aymoqlarga kishilar yuboradi va ulardan xabar olguncha bir necha kun qaysi yaylovida o‘tiradi? J: Ko‘hi Sof yaylovida 20. “Bu yerlarda kiyik juda ko‘p bo‘ladi”. “Boburnoma”dagi ushbu ta’rif qayer haqida? J: Ko‘hi Sof yaylovi 21. Imodiddin Mas’ud Boburning oldiga kimning nomidan elchi bo`lib keladi? J: Jahongir mirzo 23. Bobur niyati Xurosonga borish bo‘lganidan (Jahongir) mirzoga qaramay, aymoqqa parvo qilmay, qayerlar orqali yurib, Faxriddin O‘lo‘midan o‘tib, Bodg‘isga qarashli Darayi Bom degan yerga yetib keladi? J: Gurzivon, Almor va Qaysor, Chechaktu 24. Kimning kishilari Pandi, Dah va Marvchoqda yengib, ko‘p o‘zbakni o‘ldiribdilar? J: Zunnunbekning 25. Kimlar Balxda Sulton Quli choqni qamal qilgan Shayboniyxonning ustiga yurish maqsadida Sulton Husayn mirzoning barcha o‘g‘illariga kishilar yuborib chaqirtirdilar?(4 ta) J: Badiuzzamon mirzo, Muzaffar mirzo, Muhammad Burunduq barlos, Zunnun arg‘un o‘g‘li Shohbek 26. (Mirzolar) Bodg‘isga yetganlarida, Childuxtaronda kim Marvdan kelib qo‘shiladi? J: Abulmuhsin mirzo 27. Ibn Husayn mirzo qayerdan keladi? J: To‘n va Qoyindan 28. Kepak mirzo qayerdan kelishi kk edi? J: Mashhaddan 29. Kepak mirzo kimdan “U podshoh bo‘lganda, men qanday qilib uning qoshiga boraman”, - degan ginada edi? J: Muzaffar mirzodan 30. “Aql egasi bo‘lgan har qanday odam ortidan yomon so‘z bilan eslanadigan ishlarga nega qo‘l urarkin, es-hushi joyida bo‘lgan har bir kishi dunyodan o‘tgach tahsinlar bilan eslanadigan ishlarni qilishga nega urinmas ekan? Ismning yodga olinishini hakimlar ikkinchi umr deganlar”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 31. Bobur Muhammadbek bilanoq yo‘lga tushganda Badiuzzamon mirzo va Muzaffar mirzo qayerga yetib qoishgan edi? J: Murg‘obga kelishgan edi 32. Yarim kuro‘h yo‘l bosib, Boburning istiqboliga kim kelgandi? J: Abulmuhsin mirzo 33. Kuro`h so`ziga izoh bering. J: K u r o‘ x – uzunlik o‘lchovi. 1 kuro‘x – 2 km ga yaqin. 34.Bobur o‘rdaning yaqiniga kelganda kimlar keldilar? J: Muzaffar mirzo va Ibni Husayn mirzo 35. Bobur kimlar bilan ot ustida ko‘rishganligini aytib o`tadi? J: Muzaffar mirzo, Ibni Husayn mirzo 36. Bobur kimni “mening xayrixohim, mening nomusim uning nomusi edi”,- deb ta’riflaydi? J: Qosimbekni 37.“…oq uylari (oq kigizdan ishlangan katta o‘tov, chodir), albatta, yon eshiklik bo‘lardi. Mirzo doim shu eshikning yonida o‘tirardi”. Ushbu ta’rif kimning uyi haqida? J: Badiuzzamon mirzoning 38. Badiuzzamon mirzoning uyida o‘zbak Shayboniy sultonlaridan kimlar bore di? J: Qosim Sulton (mirzoning kuyovi, Qosim Husayn Sultonning otasi edi) va Ibni Husayn mirzo 39. Boburning aytishiga qaraganda burunlari bizning ota-bobolar kimning odatini juda hurmat qilardilar? J: Chingiz 40. “Har kimdan yaxshi qoida qolgan bo‘lsa, unga amal qilmoq kerak. Agar ota yomon ish qilgan bo‘lsa, yaxshi ish bilan almashtirmoq kerak”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 41.“Dasturxonlarga turli-tuman gazaklar qo‘yilgan edi: tovuq kabobi, g‘oz Download 158.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling