1 Z. M. Bobur. Boburnoma tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Download 158.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Boburnoma savol-javob
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
2 kabobi, har xil taomlardan tortdilar. Darhaqiqat, beg‘ash-u tashvishsiz, sokin bazm edi”. Ushbu ta’rif kimning uyidagi bazm haqida edi? J: Badiuzzamon mirzoning bazmini 42. Muzaffar mirzoning bazmida kimlar ham borligini aytib o`tadi? J: Husayn Ali Jaloyir va Mir Badr Muzaffar mirzo qoshida edilar. 43. Muzaffar mirzoning bazmida kim raqs tushadi? J: Mir Badr 44. Mirzolar Hirotdan chiqib, ittifoq qilib, yig‘ilib qayerga kelgunlaricha uch-to‘rt oy o‘tdi? J: Murg‘obga 45. Tang qolib Balx qal’asini o‘zbakka berib qo`ygan kim edi? J: Sulton Qulichoq 46. Boburning Murg‘obda o‘tirgan paytlarida kim to‘rt-besh yuz kishi bilan kelib, Chechaktu yerlarini talon-toroj qildi degan xabar keldi? J: Haqnazar chapani 47. Murg‘ob bilan Chechaktuning orasi qancha yo`l edi? J: orasi o‘n yig‘och 48. Qayerlar to‘polonchi va janjalkashlar makoni edi, turk, mo‘g‘ul, aymoq, afg‘on va hazoradan tashkil topgan xilma-xil el va ulus shu yerlarda yig‘ilgan edilar? J: Kobul va G‘azni 49. “Boburnoma”dan olingan ushbu rasmda nima tasvirlangan? J: Boburning toj kiyib Farg‘ona taxtiga chiqishi 50. Sulton Husayn mirzo zamonida qaysi shahar uning tasarrufi va takallufidan zeb-ziynati birga o‘n, balki yigirma baravar taraqqiy qilgan edi? J: Hirotning 51. Bobur qayerning yo`li orqali Hirotga yo‘l oladi? J: Childuxtaron va Toshrabot yo‘li 52. Qaysi begimlarning hammasi Sulton Husayn mirzoning madrasasida yig‘ildilar? J: Barcha begimlar, mening ammam Poyanda Sultonbegim, Xadichabegim, Ofoqbegim, yana Sulton Abusaid mirzoning qizlari – amma begimlar 53. Bobur avval kim bilan ta’zim qilib ko‘rishad? J: Poyanda Sultonbegim bilan 54. Bobur undan so‘ng kim bilan ta’zimsiz ko‘rishdi? J: Ofoqbegim bilan 55. Bobur uchinchi bo`lib kim bilan ta’zim qilib ko‘rishadi? J: Xadichabegim bilan 56. Bir zamon bunda o‘tirib, qorilar Qur’on o‘qiganlaridan so‘ng, kimning chodiri tikilgan janubiy madrasaga boradi va uning nomidan osh tortadilar? J: Xadichabegim 57. Bobur “Uni munosib ko‘rmay, Alisherbekning uylarini tayin qildilar”,- deb qayerni aytib o`tadi? J: Bog‘i Navda 58. “…bog‘chaning o‘rtasida bunyod topgan. Ixchamroq imoratdir. Ikki qavatlik. Lekin yoqimli imoratdir. Yuqorigi qavatiga ko‘p bezak beribdilar. To‘rt burchagida to‘rt hujrasi bor. Bu to‘rt hujraga olib kiradigan uy istirohat xonasidir. Bir uydirki, hujralarning oralig‘i to‘rt shahnishin yo‘sinlik edi. Bu uyning har tomoniga suratlar solingan”. “Boburnoma”dagi ushbu ta’rif qaysi imorat haqida? J: Tarabxona 59. Tarabxonani kim qurdirgan, kim suratlar chizdirgan? J: Bobur mirzo qurgan bo‘lsa-da, lekin bu tasvirlarni Sulton Abusaid mirzo buyurgandir 60. Bobur kimning “qadami sharofatidan zohid va taqvodor bo‘ldim”,-deb aytib o`tadi? J: Xoja Qozi 61. “Nafaqat may ichish, shubhali taomdan ham hazar qilardim. So‘ngralar yigitlik havasi va nafs taqozosidan mayga mayl paydo bo‘ldi, taklif qiladigan kishi yo‘q edi, balki mayga maylimni biladigan kishi yo‘q edi. Ko‘nglim moyil bo‘lsa-da, bunday qilmagan ishni o‘zimcha qilishim mushkil edi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 62. Hirotdagi bazmda san’atkorlardan kimlar bor edi? J: Hofiz hoji, Jaloliddin Mahmud noyi, G‘ulom Shodiyning inisi Shodibacha 63. “Samarqandlik edi. Qo‘shiqni baland, qo‘pol va notekis aytardi. Jahongir mirzo kayf ustida unga ashula aytishni buyurdi. U g‘alati, baland, dag‘al va bemaza qilib aytdi. Xuroson eli hazil bilan tirik el. Uning bu qo‘shiq aytishidan birisi qulog‘ini tutadimi, yana biri aftini bujmaytiradimi, mirzo tufayli hech kim man qilolmaydi.” Ushbu ta’rif kim haqida? J: hofiz Mirjon 64. Bazmda kim turib raqqoslik qiladi? J: Yusuf Ali ko‘kaldosh 65. Muzaffar mirzoning yangi qishloq uyida kim o`zbekcha qo`shiq aytadi? J: Jonak o‘zbekcha qo‘shiq aytdi 66. Muzaffar mirzo Boburga nimalr beradi? J: bir kamar shamshir, bir qo‘zi po‘stin, bir bo‘z toychoq 67. Boburning Hirotdagi 20 kinlik safarida kim boshlovchi edi? J: Yusuf Ali ko‘kaldosh edi. 68. Boburning Hirot safarida qayerdan boshqa hamma yerni aylanib ziyorat qilib chiqdim deb aytib o`tadi? J: Sulton Husayn mirzoning xonaqohidan 69. Hirotda Bobur ziyorat qilgan Download 158.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling