1 Z. M. Bobur. Boburnoma tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Download 158.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Boburnoma savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aybi shu ediki
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
3 J: Muhammad Burunduqbek va Zunnunbek 79. Saydim Ali darbon kim edi? J: Badiuzzamon mirzoga navkar bo‘lgan 80. Jahongir mirzo G‘aznini tashlab chiqqanida, G‘azni kimga berilgan edi? J: Saydimga berilgandi 81. Xisravshoh navkarlari orasida kimlardan o‘zga yaxshiroq kishi yo‘q edi? J: Saydim Ali darbon bilan Muhib Ali qo‘rchidan 82. “…yaxshi axloq va atvorlik kishi edi. Qilichni zo‘r chopardi. Uyida yig‘insiz va suhbatsiz o‘tirmasdi, ancha saxovatli edi. Ajab kifoyatli va himmatli, zarofat va latofati go‘zal, munosabat va suhbati shirin, xushxulq, so‘zamol va hazilkash kishi edi. Aybi shu ediki, o‘ta fosiq va mazhabida biroz chetga og‘ish bor ekan. Biroz ikkiyuzlamachi edi. Ba’zilar uning bu fe’lini hazilga yo‘yardilar, biroq uni bejiz ayblamas ekanlar.” “Boburnoma”dagi ushbu ta’rif kim haqida? J: Saydim 83. “Badiuzzamon mirzo Hirotni Shayboqqa oldirib, Shohbekka kelganida, mirzo bilan Shohbekning orasiga nifoq solgani uchun uni o‘ldirib, Hirmand daryosiga tashlatadi”. “Boburnoma”dagi ushbu ta’rif kim haqida? J: Saydim Ali darbon 84. Langardan o‘tib, qayerga yetganda hammayoq qor edi? J: Garjiston tuprog‘iga 85. Qor borgan sari kattalashardi. Qayerda ham qor otning tizzasidan yuqoriroqqa chiqardi? J: Chaxcharonda 86. Chaxcharon yerlari kimga tegishli edi? J: Zunnunbekka 87. Bobur qaysi yo‘li biroz yiroqroq bo‘lsa-da, lekin betashvish va bexavotir borilardi”,-deb aytib o`tadi? J: Qandahor 88. Qandahor yo`li bn ketayotganda kim yo‘l boshlovchi bo`ladi? J: Pir Sulton peshoyi 89. Bobur kimning “harakati bilan bu yo‘lga tushgandik. U uyalganidan o‘zi va o‘z o‘g‘illari qor tepib, yo‘l topib, oldinda yurardilar”deb aytib o`tadi? J: Qosimbek 90. “Charxning men ko‘rmagan javr-u jafosi qoldimu? Xasta ko‘nglim chekmagan dard-u balosi qoldimu?” Boburning ushbu matlali she’ri qachon yozilgan edi? J: Pir Sulton peshoyi bn Qandahor yo`lida qorda adashib qolganda 91. “Boburnoma”da qo`llanilgan qari so`ziga izoh bering. J: Q a r i – uzunlik o‘lchovi. Taxminan 1 m ga teng. 92. “Ko‘plar ot ustida tong ottirdi, g‘or torroq ko‘rindi. Men g‘orning og‘zida kurak olib, qor kuradim, qorni ko‘ksimgacha qazidim, sira yerga yetmasdi. Biroz shamoldan pana bo‘ldi, o‘sha yerda o‘tirdim. Har qancha: «G‘orga kiring» deyishsa ham kirmadim. Barcha el qorda va bo‘ronda, men issiq uyda va istirohatda o‘tiramanmi deb o‘yladim”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 93. Qandahorning yo`lida kimlarni o‘sha kecha sovuq oldi- deb aytib o`tadi? J: Kepakning oyog‘ini, Suyunduk turkmanning qo‘lini, yana Axiyning oyog‘ini 94. “Har nek-u badeki dar shumorast, To darnigari salohi korast”. Misraning mazmunini ayting. J: (Mazmuni. Har bir yaxshi-yomonlikni mulohaza qilib ko‘rsang, hayot uchun xayrli ishlarga sabab bo‘ladi.) 95. “Issiq uylar, semiz qo‘ylar, otga o‘t va pichan benihoya, o‘t yoqmoqqa o‘tin va tezak behad hisobsiz edi. O‘shanday sovuq va qordan qutulib, bunday keng va issiq uylar topmoq, unday mashaqqat va balodan xalos bo‘lib, buncha ko‘p non va semiz qo‘ylar topmoq bir huzurdirkim, buni bunday mashaqqatlarni ko‘rganlar biladi, shunday bir farog‘atdirki, buni o‘shanday balolarni boshdan kechirganlar fahm qiladi”. Ushbu ta’rif qayer haqida? J: Yakka O‘lang eli 96.Bobur qayerlarning orasida shunday sovuq ediki, umr bo‘yi muncha sovuqni ko‘rmagan edik-deb aytib o`tadi? J: Zimma Yaxshi bilan Manor orasi 97. Qayerlarning orasida qor otning tizzasigacha kelardi? J:Manor bilan Kobulning orasida 98. “U mahallar Xalifa bog‘ining o‘rnida bir kichikroq bog‘cha bo‘lardi. Langar yo‘sinlik. Daraxt-yog‘ochi qolmagan bo‘lsa-da, ihotalangan edi. U yerga Mirzoxon egalik qilardi”. Ta’rifi berilgan yerni kim qurdirgan? J: Ulug‘bek mirzo (Kobuliy) solgan edi. 99. “Ilgari borib Mirzoxon o‘tirgan hovliga kirganlar to‘rt kishi edi”. Ular kimlar edi? J: Biri – Sayyid Qosim eshikog‘a, ikkinchisi – Qanbar Ali Qosimbek, uchinchisi – Sherquli qorovul mo‘g‘ul, to‘rtinchisi Sherqulining jamoatidan Sulton Ahmad mo‘g‘ul edi 100. Bobur «Otdan tu shinglar, tashlaninglar!» – dedganda kimlar o`q otadi? J: Do‘st Nosir, Xoja Muham mad Ali kitobdor, Bobo Sherzod, Shoh Muhammad va yana bir necha yigit 1. Chorbog‘ning eshigidan kim piyoda qilich yalang‘ochlab kirib keldi? J: Do‘st Saripuliy 2. “Agar tig‘i olam bijunbad zi joy, Naburrad rage to naxohad Xudoy”. Misraning mazmunini ayting. J:(Mazmuni. Agar olam tig‘i qo‘zg‘alsa ham, Xudo xohlamasa biror tomirni kesolmaydi.)” 3. Bog‘i Bihishtdan kim qochib chiqib, yashirinibdi? J: Muhammad Husayn mirzo 4. Boburning chodiriga kirib o`ldirmoqchi bo`lgan kishi kim va u kimning odami ekan? J: Mirzoxonning ko‘kaldoshi Tulak ko‘kaldosh 5. Borur hurmat-e’tibor qilib Ningnahor tumanini inoyat qilgan va unga qarshi fitna qilgan kim edi? J: Sulton Sanjar 6. Bog‘i Bihisht yonida kimlar chodirlar qurib o‘tirgan edilar? J: Shohbegim va Xo‘b Nigorxonim 7. Boburning onasi kimning qizi edi? J: Yunusxonning 8.Bobur Kobulning a’lo yerlaridan Pamg‘onni kimga berdim-deb aytib o`tadi? J: Shohbegim 9. Sulton Saidxon qayerning xoni edi? J: Koshg‘ar xoni 10. Bobur Sulton Saidxonga tug‘ishgan ukalaridek ko‘rib, qaysi tumanini beradi? J: Lamg‘on tumanlaridan Mandirovar 11. Bobur Shoh Ismoil Shayboniyxonni Marvda yenggan mahali, Qunduzga o‘tganida Sulton Saidxonga qayerni barcha navkarini topshirib berib yuborgan edi? J: Andijon 12. Bobur “o‘z tug‘ishganlarimdan yaxshiroq ko‘rib, hurmat-e’tibor va shafqatlar qilganman” deb kimlarni aytib o`tadi? J: Chin Temur Sulton, Eson Temur Sulton, To‘xta Sulton va Bobo Sulton 13. “Bu bitilganlardan maqsad shikoyat emas, rost voqealarni yozayotirman. Bu yozilganlardan maqsad o‘zimning ta’rifim emas, haqiqiy voqea bayonini tahrir etganman. Chunki bu paytlarda shunga qaror qilinganki, har so‘zning rosti bitilgay va har ishning haqiqiy voqeiy bayoni tahrir etilgay”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 14. Ko`hbur so`zining ma’nosi nima? J: K o‘ h b u r – tog‘kesar. Download 158.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling