1 Z. M. Bobur. Boburnoma tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Download 158.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Boburnoma savol-javob
5
Z.M.BOBUR. BOBURNOMA Tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi G`.Haqnazarov (II qism) 1. Bobur o‘ng qanotga o‘zimiz turib, Hinduston amirlaridan kimlarni xizmatimizda ushlab turdik-deb aytib o`tadi?J: Xonixonon Dilovarxon, Malikdod Karaniy va Shayx Guran 2. O`ng qanotda yana qaysi mo`g`ul bahodirlar bore di?J: Qosim Husayn Sulton, Ahmad Yusuf o‘g‘loqchi, Hindubek qavchin, Xisrav ko‘kaldosh, Qivombek, O‘rdushoh, Vali xozin, Qaroqo‘zi va Marquli Siystoniy va Xoja Pahlavon Badaxshiy va Abdushukur hamda Malik Qosim Bobo Qashqa, uning ukasi 3. Chap qanotning o‘ng qo‘li belgisi qilib kimlar ixlos bilan saflanib, urushga bel bog‘ladilar? J: Mahdiy Xoja, Muhammad Sulton mirzo, Mahdiy Sultonning o‘g‘li Odil Sulton, Abdulaziz miroxo‘r va Muhammad jangjang, Qutluqqadam qarovul, Shoh Husayn Yorakiy, Jonibek atka va Hinduston amirlaridan Sulton Alovuddinning o‘g‘illari Jalol xon va Kamolxon hamda Alixon, Shayxzoda Farmuliy, Nizomxon Bayana, Mo‘min atka, Rustam turkman saroydagi xos amaldorlari bilan, boshqa bahodirlar, g‘oziylar 4. Bobur kimga Rum g‘azoti tartibida lashkarlari oldida boradigan miltiqlilar va ra’dandozlarni pana qilish uchun aravalarni keltirib zanjir bilan bog‘lashlarini buyuradi? J: Nizomiddin Ali Xalifaga 5. “…baxshiga yaqinimizda turish buyurildi. Zarur ish chiqib qolganida unga buyurishimizni, u esa yasovullar va tovachilarga aytishi, ular esa boshliqlariga yetkazishini tayinladik”. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Sulton Muhammad 6. Ra’dandoz va pos so`zlariga izoh bering. J: R a ’ d a n d o z – olov otadigan qurolni boshqaruvchi. P o s – kun (sutka)ning sakkizdan biri. 7. Qo`shinning qaysi qismida bo`lgan jangga “shunday urush bo‘ldiki, go‘yo zaminni zilzila va zamonni to‘polon bosdi”-deya ta’rif beriladi? J: o`ng va chap qanotlarda 8. . Dushman bizning o‘ng qanotdan kirib kelib, kimlarga qarshi hujumga o‘tadi?J: Xisrav ko‘kaldosh va Malik Qosim Bobo Qashqaga qarshi 9. “…ko‘mak berish uchun yetib borish buyurildi. U jasorat ko‘rsatib, dushmanni quvib, qo‘riqchilari safini buzib, ularni markaz qo‘shini yaqiniga surib borib qo‘ydi va bu g‘alabaning mukofotini uning nomi bilan atadik”. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Chin Temur Sultonga 10. Kimga aravalarni markazdan oldinroqqa eltish buyurild? J: Mustafo Rumiyga 11. “Miltiq va zarbzan bilan dushman lashkarini to‘xtovsiz o‘qqa tutdilarki, bahodirlarning ko‘ngillari yorishdi. Dushmandan juda ko‘pchiligining tanasi yer bilan bitta bo‘ldi – ularni fano yeli olib ketdi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 12. “Dastlab Qosim Husayn Sulton, Ahmad Yunus va Qivombekka farmon berdim. Undan keyin Hindubek qavchinga farmon berdim. So‘ngra Muhammad ko‘kaldosh va Xojagi Asadga hukm qildim. Undan so‘ng Yunus Ali, Shoh Mansur barlos va Abdullo kitobdor, ularning ortidan Do‘st eshikog‘a va Muhammad Xalil axtabegi ko‘makka yuborildi”. Bobur ushbu tartibda kim bilan jang qiladi? J: Rano Sangga bilan 13. Kimlar qo‘l bilan urushga tushib, bir joyda qattiq olishdilar? J: Mo‘min atka, Rustam turkman, Mullo Mahmud, Ali atka, Muhammad Sulton mirzo, Odil Sulton, Abdulaziz miroxo‘r, Qutluqqadam qarovul, Muhammad Ali jang-jang va Shoh Husayn Borakiy mo‘g‘ul g‘onchi 14. Kim devoniylar (mahkamadagilar) bilan ko‘makka ketadi? J: Xoja Hasan devon 15. Kimning qo‘li ostidagilar bilan markaz oldida turdi, uning odamlari miltiq, zarbzan va tosh otish bilan band edilar? J: Nodir ul-asr Ali Quli 16. “Dushman qo‘lidan hech ish kelmay, hayot iplarini kuydirib, bizning o‘ng va chap qanotdagi jangchilarimizga hujum qilib, o‘zlariga juda yaqinlashtirdilar. Oyog‘imizda mustahkam turganimiz uchun dushmanning turishga majoli qolmay, beixtiyor qocha boshladi. Ko‘pchiligi o‘sha maydonda jon berib, jahannamga ravona bo‘ldi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 17. Kimga o‘q tegib, fano gardiga aylandi? J: Hasanxon Mevatiyga 18. G‘animning qaysi boshliqlari yo‘qlik yo‘lining g‘ubori bo‘ldilar. Bir necha ming kishi askarlarimiz otlari tuyog‘i ostida poymol bo‘ldi? J: Raval Uday Sing, Manikchand Chavhan, Raay Chandarban, Dilpat Raay, Kangar va Karamsing kabi 19. Muhammad ko‘kaldosh, Abdulaziz miroxo‘r, Olamxon va yana bir necha amirlarga kimning ortidan ta’qib qilib borish buyurildi? J: Raana Sangaa 20. Boburning o‘zi ham bir necha kuro‘h quvlab borib, kimning boshiga qorong‘i kun tushdi? J: Raana Sangaaning 21. “Taqdirda bo‘lmagani uchunmi, u kofirni qo‘lga tushirolmadik. Ortidan yuborilgan kishilar g‘ayrat qilmabdilar. Bularga ishonib o‘tirmay, o‘zimiz ta’qib qilishimiz kerak edi deb pushaymon bo‘ldik”. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Rana Sanga 22.Fozil bilimli kishilarimizdan kim bu g‘alaba(Rano Sangsni yengishi)ga «podshohi islom» degan ta’rixni topadi? J: Shayx Zayniddin 23. Kobuldan kim ham shu ta’rix(«podshohi islom» degan ta’rix)ni bitib yuboradi? J: Mir Gisu 24. Ilgarigi (Boburning) mana shunday g‘alabalaridan biri qayerning fathiga ikki kishi «vas’ati rabi ul- avval» degan ta’rixni topgan edi? J: Dipalpur fathiga 25. Bobur . Muhammad Ali jang-jang, Ali Guran va Abdumalik qo‘rchini juda ko‘p odam bilan kimning ustiga yuboradi? J: Ilyosxonning 26. Bobur Rajab oyining oltinchisida, chorshanba kuni Mevat hokimligi joylashgan qayerga boradi? J: Alvarga 27. Bobur Mervatda payti kimga Kobul va Badaxshonga ketishiga ruxsat beradi? J: Muhammad Humoyunga 28. Badaxshon hokimi Xon mirzo qachon olamdan o‘tadi va o`rniga kim hokim bo`ladi? J: to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rtinchi yili, Muhammad Humoyunga 29. Muhammad Humoyun hokimlika o`tirgan yili kim bosh ko‘targan edi? J: Biban afg‘on 30. Bobur Ograga qaytishida qayerlarni aylanib qaytadi? J: Fathpur va Bariyni 31. Bobur to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rtinchi yili qayerni tomosha qilib, u yerdan Sanbalga ovga chiqadi? J: Ko‘yilni 32. Bobur qayerning xazinasini osongina qo`lga kiritdik deb aytib o`tadi? J: Alvar 33. Safar oyi ning yigirma sakkizinchisida kimlar bola-chaqasi bilan Kobuldan keldilar? J: Faxrijahonbegim va Xadicha Sultonbegim Download 158.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling