10 – amaliy mashg’ulot bug’lanish va kondensatsiyalanish (2-soat)
Download 201.63 Kb. Pdf ko'rish
|
10-amal
10 – AMALIY MASHG’ULOT BUG’LANISH VA KONDENSATSIYALANISH (2-soat) Tiklanish jarayonlari rangli va qora metallar olishda nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bu jarayon orqali toza metall olinadi. Demak, tiklanish jarayoni deganda, metallarni ularning birikmalaridan tiklovchi moddalar ta’sir ettirib toza metall holida ajratib olish jarayoni tushuniladi. Tiklanadigan moddalar bular metalli birikmalar, ya’ni, metall oksidlari, sulfidlari, karbonatlari va boshqa birikmalardir. Tiklovchi moddalar esa ko’mir (C), is gazi (CO), vodorod gazi (H 2 ), metan gazi (CH 4 ), metall kationi (Me n+ ), elektr toki (katod) va boshqalardir. Tiklanish jarayonida valent elektronlarini yo’qotgan musbat zaryadlangan metall ioni tiklovchi moddadagi markaziy atomdan yetarli elektron tortib olib o’zining tashqi qavatini neytral holatgacha to’ldirib oladi va yaxlit metall holigacha qaytariladi. Tiklovchi moddadagi markaziy atom esa, o’z elektronlarini metall atomiga berib yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’ladi va natijada oksidlanadi. Metallurgiyada tiklanish jarayonlari juda keng tarqalgan. Bular: temirni rudadan bevosita olish; qo’rg’oshin aglomeratini shaxtali pechda eritish; shlaklarni fyuminglash; oksidlarni vels-pechda tiklash; olovli jarayon mobaynida xomaki misni tozalash; metallotermiya usullari bilan noyob va radioaktiv metallar olish va boshqalar. Umumiy ko’rinishda metall oksidini (MeO) vodorod (H 2 ) yoki is gazi (CO) bilan tiklanish reaksiyasi quyidagicha: MeO+H 2 (CO)=Me+H 2 O(CO 2 ) Bu jarayonni elektron balans usulida quyidagicha yozish mumkin: 2H 0 –2ē=2H + yoki C +2 –2ē=C +4 (H 0 va C -2 – qaytaruvchilar, jarayon – oksidlanish); Me +2 +2ē=Me 0 (Me +2 –oksidlovchi , jarayon – qaytarilish). Tiklanish jarayonlari termodinamikasi Kimyoviy reaksiyalarning o’z holicha yo’nalishi ikki omilning ta’siri bilan aniqlanadi. Sistemaning ichki energiyasi kamayishi tomoniga reaksiya yo’naladi. Sistemaning ko’p ehtimollik holatga o’tishi tomoniga yo’naladi. Sistemada zarrachalarning “tartibsizlik” holatini miqdoriy tavsifnomasi sifatida entropiya funksiyasi kiritilgan bo’lib, u S harfi belgilanadi va kJ/mol·K yoki J/mol·K birliklarda o’lchanadi. Jarayonlar o’z-o’zidan borishi uchun sistemaning entropiyasi reaksiyadan oldingi holatiga nisbatan reaksiyadan keyin oshishi kerak, ya’ni ΔS reak.keyin >0 bo’lishi kerak. Masalan, suvning agregat holati o’zgarishida molekulalarning tartibsizlik darajasi ortib boradi. S(H 2 O) muz < S(H 2 O) suyuq < S(H 2 O) bug’ Kimyoviy reaksiyada entropiyaning o’zgarishi quyidagi formula orqali topiladi: ΔS 298 = ΣΔS 298(mahsulot) - ΣΔS 298(dast.modda) Bu yerda: ΣΔS 298(mahsulot) – reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar standart entropiyalarining yig’indisi; ΣΔS 298(dast.modda) – reaksiyaga kirishayotgan moddalar standart entropiyalari yig’indisi. Kimyoviy reaksiyalar sodir bo’layotgan paytda bir vaqtning o’zida sistemaning ham entalpiyasi, ham entropiyasi o’zgaradi. Ana shu ikki effektning yig’indisi sistemaning (reaksiyaning) “Gibbs energiyasi” yoki ichki energiyasi deyiladi. Bu paytda sistemaning temperaturasi va bosimi o’zgarmas holda saqlanganligi uchun Gibbs energiyasini boshqacha qilib – sistema izobar-izotermik potensialining o’zgarishi ham deyiladi va u ΔG holida belgilanadi, uning o’lchov birligi – kJ/mol, kkal/mol. Oddiy moddalarning Gibbs energiyasi nolga teng. Murakkab moddalarning Gibbs energiyasi esa, ma’lumotnomalarda standart shaklda ifodalangan bo’ladi. Reaksiyaning Gibbs energiyasi quyidagi formula orqali topiladi: ΔG 298 = ΣG 298(mahsulot) - ΣG 298(dast.modda) Bu yerda: ΣG 298(mahsulot) – reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar standart ichki energiyalarining yig’indisi; ΣG 298(dast.modda) – reaksiyaga kirishayotgan moddalar standart ichki energiyalari yig’indisi. Gibbs energiyasini sistemaning harorati, entalpiyasi va entropiyasi orqali ham ifodalash mumkin: ΔG=ΔH–TΔS BUG’lanish va kondensatsiyalanish jarayonlarining kinetikasini O’RGANISH– deb____________________________________________ __________________________________________________________ __________________________________________________________ ____ Test. 1. Entolpiya va entropiyaning yig’indisi sistemaning (reaksiyaning) nimasi deyiladi? A) Tashqi energiyasi. B) Kondensatsiyalangan fazasi. C) Gibbs energiyasi. D) Erkinlik darajasi. 2. Gibbs energiyasi qaysi formula orqali topiladi? A) ∆G=∆H-T∆S B) ∆G=∑G(mahsulot)-∑G(dast.mahsulot) C) ∆S=∑∆S(mahsulot)-∑∆S(dast.mahsulot) D) ∆G=∆H+T∆S 3. Gibbs energiyasi qanday holatida tiklanish jarayoni ro’y beradi? A) ∆G>0 B) ∆G<0 C) ∆G=0 D) Barcha javoblar to’g’ri. Download 201.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling