10 – Ma’ruza Mavzu: Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli tebranma harakatlari
Download 185.35 Kb.
|
10-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Ushbu mavzudagi muammolarni bartaraf etish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. Muvozanatlovchi kuch ta’siridagi harakat qilayotgan moddy nuqtaning harakati erkin tebranishlardan iborat bo‘lar ekan. Erkin tebranishlarning differentsial tenglamasi (10.3) formuladan iborat bo‘lar ekan. Erkin tebranishlarnng parametrik tenglamasi (10.4) yoki (10.5) tenglamalar orqali yozilar ekan. Integral doimiylarini aniqlash uchun, tebranma harakatning boshlang‘ich shartlaridan foydalaniladi. Xususiy tebranish chastotasi, muvozanatlovchi kuchning o‘zgarmas koeffitsientiga to‘g‘ri proportsional, moddiy nuqtaning massasiga teskari proportsional ravishda o‘zgarar ekan. Tebranish davri deb, moddiy nuqtaning muvozanat holatidan boshlab to‘liq bir tebranishga sarflangan vaqtga aytilar ekan. Tebranish chastotasi deb, 2р sekund vaqt ichidagi tebranishlar soniga aytilar ekan. Tebranishlar amplitudasi deb, moddiynuqtaning biror tomonga bo‘lgan maksimal og‘ishiga aytilar ekan. Agar tebranishlar muhit qarshiligi ta’sirida sodir bo‘lsa , bunday tebranishlar so‘nuvchi erkin tebranishlar deb atalar ekan. Amplitudaning sekin asta so‘nib borishini xarakterlovchi qiymat, so‘nish dekrementi deb atalar ekan. So‘nish dekrementining natural logarifmi, so‘nuvchi tebranishlarning logarifmik dekrementi deb atalar ekan. Takrorlash uchun savollar: Moddiy nuqtaning erkin tebranishlari deb qanday harakatga aytiladi? Erkin tebranma harakat sodir bo‘lishi uchun qaysi shartlar bajarilishi shart. Tebranish chastotasi deb qanday qiymatga aytiladi? Tebranish davri nima? Tebranish amplitudasi nima? Muhit qarshiligi ta’siridagi so‘nuvchi tebranishlar deb qanday harakatlarga aytiladi? Muhit qarshiligi qanday bo‘lganda so‘nuvchi tebranishlar sodir bo‘ladi? So‘nish dekrementi deyilganda nimani tushunish lozim? Logarifmik so‘nish dekrementi qanday aniqlanadi? Erkin tebranishlar chastotasi bilan so‘nuvchi tebranishlar chastotasi orasidagi matematik bog‘lanishni yozib bering? Tebranish amplitudalari nimalarga bog‘liq bo‘ladi? CHiziqsiz tebranishlar deb qanday tebranishlarga aytiladi? Kichik tebranishlarda tebranish amplitudasi, tebranish chastotasiga bog‘liq bo‘ladimi? Download 185.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling