10 – Ma’ruza Mavzu: Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli tebranma harakatlari


Ushbu mavzudagi muammolarni bartaraf etish uchun uslubiy ko‘rsatmalar


Download 185.35 Kb.
bet6/6
Sana03.11.2023
Hajmi185.35 Kb.
#1744421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-MA\'RUZA

Ushbu mavzudagi muammolarni bartaraf etish uchun uslubiy ko‘rsatmalar.

  1. Moddiy nuqta majburiy holda tebranishni davom etdirishi uchun, unga davriy bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi kuch qo‘yilgan bo‘lishi shart ekan.

  2. (10a.1) formuladagi -r qiymat, davriy qo‘zg‘atuvchi kuchning chastotasi deb atalar ekan.

  3. Agarda muhit qarshiligi yo‘q bo‘lsa, r-chastotali davriy qo‘zg‘atuvchi kuch ta’siridagi majburiy tebranma harakatlarning parametrik tenglamasi (10a.5) formula orqali ifodalanar ekan.

  4. Agarda xususiy chastota k, qo‘zg‘atuvchi kuchning chastotasi r ga teng bo‘lsa, ya’ni r=k bo‘lsa, rezonans hodisasi ro‘y berar ekan.

  5. Rezonans hodisasi ro‘y berganda, tebranuvchi moddiy nuqtaning amplitudasi cheksiz ravishda ortib ketar ekan.

  6. Agarda majburiy tebranma harakat muhit qarshiligi ta’sirda sodir bo‘lsa, bunday tebranma harakatning parametrik tenglamasi (10a.11) formula orqali ifodalanar ekan.

  7. Agarda muhit qarshiligini xarakterlovchi koeffitsient h>0,5 bo‘lsa, rezonans hodisasi ro‘y bergan holatda ham moddiy nuqtaning amplitudasi ma’lum chegaradan ortib keta olmas ekan.

  8. Muhit qarshli ta’siridagi majburiy tebranma harakatdagi amplitudaning nisbiy ortishini ifodalovchi qiymat з=B/л orqali belgilanib, uni dinamiklik koeffitsienti deb atalar ekan.

  9. Agarda r<0 ga teng bo‘lar ekan

  10. Agarda r>>k bo‘lsa, amplitudaning qiymati juda ham kichrayib, asimptotik ravishda nolga intilib boradi. Bunday holatdan foydalanish orqali inshootlarni Vibratsiya(titrash)dan saqlash ishlarida qo‘l kelar ekan.



Takrorlash uchun savollar:

  1. Moddiy nuqta majburiy tebranma harakatlarda ishtirok etishi uchun, qanday shartlar bajarilishi lozim?

  2. Muhit qarshiligi yo‘q bo‘lgan holatdagi majburiy tebranishlarning parametrik tenglamasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi.

  3. Majburiy tebranishlarda qo‘zg‘atuvchi kuchning chastotasini qanday ahamiyati bor?

  4. Rezonans deganimizda qanday holatni tushunamiz?

  5. Rezonans hodisasini oldini olish uchun nimalar qilish lozim?

  6. Muhit qarshiligi katta bo‘lganda rezonans hodisasi sodir bo‘lishi mumkinmi?

  7. Dinamiklik koeffitsienti nimani anglatadi?

  8. Muhit qarshiligini xarakterlovchi koeffitsientni dinamiklik koeffitsientning o‘zgarishiga qanday bog‘liqligi bor?

  9. Majburiy tebranishlarda amplitudani nolga yaqinlashtirish uchun qanday ishlar bajarilishi shart?

  10. Vibratsiya so‘zining mazmuni nima va uning paydo bo‘lish sabablari haqida nimalarni bilasiz?

  11. Majburiy tebranishlarda inshootlarni vibratsiyadan himoya qilish usullaridan nimalarni bilasiz?



1 x -ning maksimum va minimum qiymatlaridagi vaqtlar, dx/dt=Ae-bt[k1 sos(k1t+)-bsin(k1t+)]=0 tenglama orqali aniqlanadi. Agar qandaydir t=t1 vaqtda kvadrat qavs nolga teng bo‘lsa, u t1+T1, t1+2T1 - va h.k. vaqtlarda ham nolga teng bo‘ladi, chunki k1T1=2.


2 Ushbu punktdagi olingan natijalar, 2p. - dagi qiymatlarning xususiy holidan iborat bo’ladi.


Download 185.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling