10- mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruv-loyihalashda muxandislik masalalarni yechish uchun asos bo‘lgan punktlar


-shakl. Planli Davlat geodezik tarmog’i (laplas punktlari)


Download 0.89 Mb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1537403
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-ma\'ruza YMSH (1)

10.5-shakl. Planli Davlat geodezik tarmog’i (laplas punktlari)
Davlat balandlik to‘rlari. Davlat balandlik to‘ri I, II, III, IV - klass nivelirlash to‘rlaridan iborat bo‘ladi. I va II - klass nivelirlash to‘ri mamlakat hududida asosiy hisoblanib yagona balandlik tizimini hosil qiladi.
III va IV - klass nivelirlash tarmoqlari topografik planga olish va turli injenerlik masalalarini yechish uchun xizmat qiladi. I - klass nivelirlash yo‘llari asosan mamlakat hududidagi okean va dengiz sathini tutashtirishi zarur.

10.6-shakl. Nivelirlash tarmoqlari: 1-klass nivelirlash punktlari; 2-klass nivelirlash yo‘llar; 3-4-klass nivelirlash yo‘llari
I-klass nivelirlash tarmoqlari bir-biri bilan kesishib, yopiq poligon hosil qiladi (10.6 - shakl), 1 km yo‘lda ±0.5 mm o‘rtacha kvadratik xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin, II - klass nivelirlash yo‘llari I klass nivelirlash punktlaridan boshlanib shu klass punktlari bilan tugaydi, perimetri 500 ÷600 km ni tashkil etadi, 1 km yo‘lda ± 2.5 mm o‘rtacha kvadratik xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin. III - klass nivelirlash yo‘llari II klass nivelirlash poligonlari ichida quriladi va uni perimetri 150 ÷ 200 km bo‘lgan 6 ÷ 9 bo‘lakka bo‘ladi. 1 km yo‘lda ± 5 mm o‘rtacha kvadratik xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin. IV - klass nivelirlash yo‘li III klass nivelirlash yo‘llarini to‘ldiradi va o‘zidan yuqori klass punktlarga tayanadi, 1 km yo‘lda ±10 mm o‘rtacha kvadratik xatoga yo‘l qo‘yish mumkin. III va IV - klass nivelirlash yo‘llarini loyihalashda ular 1, 2, 3, 4 klass triangulyatsiya (trilateratsiya, poligonometriya) punktlarining balandligini aniqlaydigan qilib joylashtiriladi. Davlat balandlik to‘rlarining punktlari gruntli reperlar, devoriy markalar va devoriy reperlar bilan mahkamlanadi (10.9 - shakl).
Guruntli reper temir beton pilotdanyokiasbestsementtrubadaniborat. Pilotningyuqoriqismiga marka sementlanadi. Belgi qazilganquduqyoki chuqurgao‘rnatiladi. Devoriy reperlar fundamental binolarning poydevoriga va


markalar ko‘prik ustunlariga o‘rnatiladi.
Nivelirlashda chekli xatolik I, II, III, IV klasslarda mos ravishda quyidagilarga teng:
L - nivelirlash yo‘lining uzunligi kilometr birligida.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling