10- mavzu: pedagog psixologiyasi. Pedagog shaxsiga qo`yiladigan psixologik talablar. Pedagogning umumiy va maxsus xususiyatlari


Download 140.5 Kb.
bet2/13
Sana07.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1439480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PPva PO`M 10-ma`ruza

Yusuf Xos Xojib Qoshqariy «Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o‘qituvchilik yo‘li bilan erishamman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo‘ladilar....»
Jomiy bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab «Agar shogird podsholikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». «Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila» kabi satrlarni bitgan.
Allomalarimiz tomonidan bildirilgan qimatli fikrlari hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Shuningdek ta’lim jarayonida o‘qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari borasidagi fikrlar atroflicha bayon qilingan.
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga solish, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O‘qituvchi pedagogik jamoa a’zosi sifatida pedagogik faoliyatni uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi o‘quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak u pedagogik bilimlar targ‘ibotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari xilma-xildir.
Ma’lumki pedagogik faoliyat — kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchi shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq. xislatlarga qaratilgan.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling