10- mavzu: pedagog psixologiyasi. Pedagog shaxsiga qo`yiladigan psixologik talablar. Pedagogning umumiy va maxsus xususiyatlari


O‘qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari


Download 140.5 Kb.
bet3/13
Sana07.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1439480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PPva PO`M 10-ma`ruza

O‘qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari qo‘yidagilardir:
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;
-olijanobligi, aql-farosati, ma’naviy pok va ma’rifat bo‘yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo‘yicha bolalarga singdirib berishi;
-o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, matonatligidir.
Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:
-shaxsni ma’naviy-ma’rifiy tomondan tarbiyalashning milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z vatani, tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
-keng bilim saviyasiga ega bo‘lish, barcha sohalarga doir bilimlar bilan kurollanishi;
-yosh pedagogik psixologik, ijtimoiy psixologiya va pedagogika yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
-o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
-ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
-o‘z ishiga iqtisodiy yondashishi;
-bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
-pedagogik texnikani (mantiq, nutq; ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
-o‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi;
Ko‘pchilik psixologlar shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda zamonaviy o‘qituvchilar uchun zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rus psixologlaridan N.V. Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin o‘zbek psixologlaridan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Karejaova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o‘qituvchilik kasbining turli jixatlarini atroflicha keng batafsil ko‘rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bevosita o‘qituvchi shaxsiga taalluqli bo‘lgan professiogramaga asosiy e’tibor qaratilgan. Professiograma - ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o‘rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko‘rsatib berilgan hujjat. Professiograma psixologik jixatidan ishlab chiqarilgan faoliyatni tavsifnomasining kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo‘lgan barcha tomonlarini o‘z ichiga olishi kerak.
M.G.Davletshin rahbarligida psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, YE.Gladkova, A.Mashkurov, T.Xamraqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogramasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
Har bir mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchining ixtisoslashgan tavsifnomasini nazarda tutgan professiogramasi tuziladi, Jumladan, maktabning o‘qituvchi-murabbiysi professiogramasini misol qilib keltiramiz. Professiogramada muhim xislatlar borgan sari bir muncha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi xislatlarini ko‘rsatib o‘tish lozim:
1. O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:

-mehnatsevarlik;

  • jamoat ishlarida faollik;

  • mehribonlik;

  • kamtarinlik;

  • odamiylik, dilkashlik;

  • uddaburonlik: mustahkam xarakterga ega bo‘lish;

  • o‘z bilimini oshirishga intilish.


Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling