10 – mavzu Pedagogik psixologiyada ta’limning psixologik mohiyati reja
Download 64.21 Kb.
|
10 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Ichki manbalar.
- -Shaxsiy manbalar
O‘qish motivlari
Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o‘qish motivlari "nima uchun?” "nimaga?", "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. O‘quv faoliyatida o‘quv motivlari o‘quvchilar tomonidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: -Ichki manbalar. Ular insoniy tug‘ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma axborotga bo‘lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi. -Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari bilan belgilanadi.Talabalar ularning birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, maktab, oila boladan juda ko‘p ishlarni amalga shirishni talab qiladi. Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar darajasini bo‘lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o‘qishi kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi ob’ektiv shart-sharoitlardir, Masalan, boy kutubxona bolani ko‘p kitob o‘qishga undaydi. -Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi ustanovkalari, g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning ketishiga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi. V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchraydigan motivlarning quyidagilarini alohida ifodalaydi: a) Biror o‘quv faniga qiziqish ; b) Vatanga foyda keltirish istagi; v) Shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish ; g) Oilaviy an’analarga rioya qilish ; d) Do‘st-birodarlarga ergashish; e) Moddiy ta’minlash va hokazolar . Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari: Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni muammosi P.Ya.Galperin va N.F.Talizina tomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy hatti-harakatlarni bosqichmabosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy hatti-harakatlarni moddiy holda tashki nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab berdilar. Aqliy hatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy hatti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasavvurlari to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqich esa, sub’ekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda. To‘rtinchi boskichda bajarilgan hatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi. Beshinchi bosichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bundan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qisman javob bermoqda. O‘quvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishga va o‘qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan fan texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq: 1.Ta’lim mazmuniga. -O‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining mavjudligiga; -Ta’lim metodikalarini takomillashganligiga; -O‘qituvchi mahoratiga ; -O‘quvchining individual psixologik xususiyatlariga. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o‘quvchilar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Kattalar o‘quv jarayonining tashkil etilishi Samaradorlik o‘quv jarayonining shaxsgayo‘naltirilgan ta’lim asosida tashkil etilganligiga bog‘liq.Rivojlantiruvchi ta’lim. Malaka oshirish jarayonidagi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tinglovchining mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olgan holda potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, asosida amalga oshiriladi. Shaxsni rivojlantirish, jahon standarti talabiga javob beradigan, o‘ziga, boshqa insonga, jamiyatga, davlatga, tabiatga va mehnatga o‘zining to‘g‘ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat yurita oladigan, ijodkor, tadbirkor shaxsni tayyorlash, mustaqil ishlashga, o‘z-o‘zini tarbiyalashga sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur ta’lim jarayonida muammoli, qisman izlanuvchan, axborotreproduktiv, interfaol metodlar qo‘llaniladi. Muallim androgogning shaxsni rivojlanish psixologiyasi bo‘yicha bilimlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatlarida foydalanishi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun tinglovchilarning akademik, didaktik, ijtimoiy - psixologik ehtiyojlarini bilishi va shu ehtiyojlarni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil qilishi, malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilar bilan o‘zaro ijobiy munosabatlarni o‘rnata olishi, androgogik ta’lim texnologiyalari va o‘qitish shakllarini bilishi, mashg‘ulotlar davomida umumiy va shaxsga yo‘naltirilgan qoidalarni ishlab chiqa bilishi haqida ham o‘z tavsiyalarini berishi juda muhim. Mazkur jarayonda professor o‘qituvchi: - o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta bilishi; - androgogik bilimlarga ega bo‘lishi; - zamovaniy ta’lim texnologiyalarini bilishi; - muloqotchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Bularning barchasi malaka oshirish jarayonini to‘g‘ri boshqarishda asos bo‘la oladi. VI. Andragogning ta’lim jarayonini to‘g‘ri va oqilona boshqara olishi ham o‘qituvchi shaxsi kamolotida nihoyatda ahamiyatli. O‘quv jarayonini boshqarishning bir necha funksiyalari mavjud. Bu borada andragog boshqarishning funksiyalarini yaxshi bilishi va bu funksiyalarni amalga oshirishi lozim. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat: Birinchi funksiya: tashkiliy funksiya bo‘lib, u o‘z ichiga o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishni va buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarning yaratilishini oladi. Ikkinchi funksiya: bevosita o‘qituvchining qiziqishi va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan holdagi ijtimoiy funksiyadir. Shuningdek, bu funksiya o‘qituvchilardagi ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy funksiyasiga mumiy o‘rta maktablar ta’lim- tarbiya jarayoniga, shuningdek malaka oshirish jarayoniga ham juda kam e’tibor berildi. O‘quvchilarning hohish-istaklari va kayfiyatlariga ikkinchi darajali deb qaraldi. Hayot bu qarashning naqadar noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Boshqaruvning uchinchi funksiyasi ijtimoiy-psixologik funksiyadir. Bu funksiya o‘qituvchilarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni o‘qituvchilarning o‘zaro bir - birlarini nazorat qilishlari, o‘z-o‘zlarini boshqarishlari, shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirishga yo‘naltirishdan iborat. Umuminsoniy hamda alohida kasbiy ehtiyojlar darajasi har bir o‘qituvchida tabiiy xilma- xildir. Bunday sharoitda malaka oshirish tinglovchilarda o‘z vazifalarini bajarish sifatini oshirishga nisbatan xohish va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tashabbus va ijodkorliklarini, o‘z- o‘ziga ishonish, o‘zo‘zini boshqarish va mas’uliyat hissini uzluksiz rivojlantiruvchi ma’naviypsixologik muhitni yaratish nihoyatda muhimdir. Malaka oshirish markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi har bir pedagog kurs tinglovchisi, har bir guruh qalbiga yo‘l topishi, ularning yuzaga chiqmaganimkoniyatlarini ochib berishi, o‘z-o‘zini namoyon etishiga yordam beruvchi muhitni yaratishi, ular o‘quv faoliyatining samarali bo‘lishiga erishishida nihoyatda zarurdir. Buning uchun malaka oshirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, o‘z bilim va malakalarini oshirayotgan tinglovchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishda quyidagilarga amal qilishlari lozim: Anglash – tinglovchining, guruhning, jamoaning ichki ruhiy ehtiyojlarini, boshqaruv vaziyatlarini o‘quv jarayoni davomida tinglovchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni anglash. Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling