10 – mavzu Pedagogik psixologiyada ta’limning psixologik mohiyati reja
Download 64.21 Kb.
|
10 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motivatsiya
- Rivojlantiruvchi
- Nazorat
- Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar.
Tashhis qilish – tinglovchi va uning faoliyat yo‘nalishlarini oldindan bila lish. O‘quv jarayoni davomida foydalanish uchun tanlangan uslublarining ta’siri va samarasini oldindan ko‘ra olish.
Loyihalashtirish – pedagog o‘zi o‘qitayotgan fanning missiyasi, maqsad va vazifalarini to‘liq anglab olishi, o‘quv faoliyati hamda o‘quv jarayoniniyihalashi. Kommunikativ-informatsion – eng yangi ilmiy, uslubiy ma’lumotlar va ularni tinglovchilarga yetkazish yo‘llarini topish va ularni bir tizimga solish. O‘quv jarayoni davomida tinglovchilar bilan uzviy, keng qamrovli, maqsadga yo‘naltirilgan muloqotni o‘rnatish. Motivatsiya – tinglovchilar faoliyati yo‘nalishini belgilovchi va ularni faollashtiruvchi ichki va tashqi sharoitlar birligiga samarali ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash va singdirish. Boshqarish – o‘quv faoliyati davomida tinglovchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi bo‘yicha ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishi, o‘quv jarayonini mahoratli boshqarish. Tashkil etish – belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishni tashkillashtirish.Tinglovchilarga o‘zining o‘quv va ijodiy faoliyat natijalaridan lazzatlanish va o‘z-o‘zidan qoniqish hissini berish. Rivojlantiruvchi – o‘qituvchi shaxsiga psixologik ta’sir ko‘rsatish. Baholash – o‘quv faoliyatining talab va me’yorlarini ishlab chiqish va ularning tinglovchilar bilim, ko‘nikma va malakalari bilan muvofiqlik darajasini aniqlash. O‘qituvchiga o‘z-o‘zini baholash imkoniyatini berish. Nazorat – o‘quv faoliyati davomida erishilgan natijalarni belgilangan maqsad bilan taqqoslash. Korreksiya – o‘quv faoliyatini boshqaruvchi maqsad va o‘qitish dasturiga kerakli o‘zgartirishlar kiritish. Malaka oshirish tizimida xizmat qilayotgan pedagoglar ana shu ko‘rsatilgan 12 ta ko‘rsatkichni to‘liq egallagan va o‘quv jarayonida mahorat bilan qo‘llay olgan taqdirdagina ularning faoliyatlari ijobiy psixologik samara beradi..Mamlakatimizda yangilangan ta’lim mazmunini joriy etishda o‘qituvchi maktabdagi asosiy shaxs hisoblanadi. Shunday ekan, u zarur kasb mahorati va nazariy bilimlarga ega bo‘lmog‘i shart. O‘qituvchilar malaka oshirish kurslaridan ularni qiziqtirgan, o‘ylantirgan barcha muammolarni hal qilib ketishlari kerak. Bizga ma’lumki, institutimizda 20 ga yaqin mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘qituvchilar kelib malakasini oshiradilar. Ularning har biri o‘ziga xos qiziqish, ehtiyoj talab va o‘z-o‘zidan ma’lum shaxsiy psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Tinglovchilarning qiziqish va ehtiyojlarini asosan quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir, ya’ni: A) o‘quv jarayonini tashkil qilish va olib borilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar); B) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar); V) o‘z shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishga nisbatan qiziqish va ehtiyojlari; G) tinglovchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha qiziqish va ehtiyojlarini (talablarini) o‘rganib chiqish. Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin: Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab toppish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi. Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi. Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo‘llashda andragog va tinglovchi tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: Tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda andragog tinglovchi bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi, tinglovchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni mavjud bilimlar orasidan saralaydilar va yetishmayotgan zaruriy bilimlarni aniqlab ularni o‘zlashtiradilar. Masalaning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydilar. Masalani yechish davomida tinglovchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish bo‘yicha mavjud ko‘nikma va tajribalarini mustaxkamlaydilar. Evristik va tadqiqotchilik metodlari tinglovchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalarini namoyon etishni taqozo etadi. Buning natijasida tinglovchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda tinglovchilarning mavjud bilim va ko‘nimalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlar tinglovchilarning o‘z faoliyatlariga doimiy ravishda yangicha yondashuv bilan qarash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. hunki kattalar ta’limini faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar. 1.O‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat? 2.Ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish nimaga bog‘liq? 3.O‘qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering. 4.O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi? 5. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari nimalardan iborat? Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling