10- mavzu. Ta’lim muassasasi menejmenti


Download 198.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi198.84 Kb.
#1801296
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


10- MAVZU. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI 
1. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. Ta’lim muassasasini 
boshqarish.
2. Ta’lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat.
3. Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi.
4. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish. Ta’lim sifati monitoringi. 
Tayanch tushunchalar: boshqarish, menejment, boshqaruv funksiyalari
boshqaruv metodlari, boshqaruv uslublari. Pedagogik Kengash, Metodika : 
Kengashi, Metodika birlashmasi, kadrlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish, 
metodik xizmat ko‘rsatish, yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. 
10.1.Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. Ta’lim muassasasini
boshqarish. 
Ta’lim muassasalarini boshqarish tushunchasi ta’lim muassasalarining 
menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan 
ishonch, ulaming unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro 
hurmat bilan tavsiflanadi. 
Menejment - mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish 
maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish 
jarayonidir. 
Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy 
hisoblanadi: 

ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan 
ma’naviy o‘lcbovga ega; 

ta’lim menejmenti - bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar katta rol o‘ynaydi); 

menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat 
manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi; 

ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan 
boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tildi. Davlat-jamoatchilik 
boshqaruvining maqsadi - ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va 
jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota- onalarga 
ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik 

Download 198.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling