10- mavzu. Ta’lim muassasasi menejmenti


Download 198.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana03.12.2023
Hajmi198.84 Kb.
#1801296
1   2   3   4   5   6   7   8   9
muassasasining Nizomida muassasaning joylashgan o‘rni, turi, ta’lim tili, guruh 
rahbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar, ota- onalarning 
huquq va burchlari, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi, xo‘jalik faoliyati, 
boshqarish tartibi kabi ma’lumotlar yoritiladi. 
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim 
tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi: 
➢ davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zaxirasini egallash yo‘lida 
amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi; 
➢ ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni tashkil etish 
(savodxonlik, mustaqil fikrlash, masalalarni yecha olishga o‘rgatish). 
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga 
qo‘yiladigan talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar, ta’lim muassasasi rahbarlarining 
huquq va burchlari ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi. 
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega: 
➢ Ta’lim muassasasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar. 
➢ Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari. 
➢ Ta’lim muassasasini boshqarish: 
a. ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini 
boshqarish asosida amalga oshirilishi
b. Pedagogik jamoa Kengashi; 
c. Direktorning huquq va burchlari
d. Direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va 
burchlari; 
e. Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va 
burchlari. 
➢ O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish: 
a. ta’lim mazmunining davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 
o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi; 
b. o‘quv jarayonini tashkil etish; 
c. iqtidorli yoshlar bilan ishlash; 
d. ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi; 
e. qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish; 
f. 
kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy 
vazifalarini berish tartibi va h.o.). 


➢ O‘qituvchining huquq va burchlari. 
➢ O‘quvchining huquq va burchlari. 
➢ O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy hamda yordamchi 
xodimlarning huquq va burchlari. 
➢ Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, 
majburiyatlari va mas’uliyatlari. 
➢ Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti. 

Download 198.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling