10--mavzu. Yillik oqim va uning o’zgarishi


Oqimning yil ichida taqsimlanishi


Download 235.5 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1528680
1   2   3   4
Bog'liq
10-Ma\'ruza.GIDRAVLIKA.

4. Oqimning yil ichida taqsimlanishi

Daryo suvining mavsumiy, oylar, dekada va kunlar mobaynida o’zgarib turishi suv oqimining tabiiy taqsimlanishi deb tushuniladi. Oqimni kalendar va kalendar bo’lmagan davrlarda taqsimlanish turiga bo’lish mumkin. Kalendarsiz taqsimlanish deganda xronologik bo’lmagan yoki kunlik suv oqimini yoki gidrografini tushunish mumkin.


Oqimning taqsimlanishi daryolardagi suv oqimining rostlashga qaratilgan suv havzalariga bog’liq (ko’l, suv ombori; hovuzlar). Oqimning yil ichida taqsimlanishini hisoblashda gidrometrik kuzatuv ma’lumotlari soni 15 yildan kam bo’lmasligi kerak va quyidagi usullar qo’llaniladi:
-o’xshash daryo ma’lumotlariga asoslanib taqsimlanish;
-haqiqiy (real) yil usuli;
-ixchamlash (yillarni guruhlarga bo’lish) usuli;
-qalbaki gidrograf usuli.
Yillarni ajratish daryoning oqim rejimiga bog’liq bo’lib, ular asosan ikki davrga; sersuv va kamsuv yoki limitlangan va limitli bo’lmagan davrlarga bo’linadi. O’z navbatida limitlangan (kam suv) davr tarkibiga ikki mavsum, ularning biri suvdan foydalanishda eng nomaqbul deb tan olinadi.
Bahorgi to’lin daryolar uchun limitlangan davrlarga ikki kamsuv mavsumlar; yoz-kuz va qish qabul qilingan. Suv ta’minoti uchun – qish, qishloq xo’jaligini sug’orish va irrigatsiya uchun limit mavsum yoz-kuz va gidroenergetikada – qish oylari ajratiladi.
Oqimni yil ichida taqsimlanishining boshlanishi kalendar davrdan emas, balki suv xo’jalik yili, sersuv mavsumdan boshlab hisoblanadi. Baland tog’ daryolar uchun, yozgi to’lin davrlarida, oqimni irrigatsiyada foydalanish sababli limit davriga kuz-qish, limit mavsumiga esa bahor oyi to’g’ri keladi.


5. Maksimal va minimal oqim hosil bo’lishi. Daryoning minimal oqimini
hisoblash.
Daryo va kichik suv manbalarida bahorgi – yozgi to’lin yoki yomg’ir toshqinlari natijasida hosil bo’ladigan va yil davomida kuzatiladigan eng katta suv sarfi miqdoriga maksimal oqim deyiladi.
Yillik maksimal suv sarflari quyidagi omillar ta’siridan hosil bo’ladi.

  1. oqimning intensiv erishidan;

  2. Yomg’irning jadal yog’ishidan;

  3. Aralash yog’inlarning bir vaqtda sodir bo’ladi.

Maksimal oqimga suv yig’ish havzasining maydoni, ko’l va botqoqliklarning mavjudligi, relefi, tuproq va agrotexnik chora-tadbirlarning ta’siri katta. O’rta Osiy daryolarida uchraydigan toshqin maksimal sarflari asosan ikki omilga ko’ra hisobga olinadi;
Birinchidan daryo suv havzasining o’rmon va o’simliklar bilan qoplanishi, botqoqlanishi va geologik tuzilishi, ya’ni yog’in suvlarini tog’ yonbag’irlaridagi oqim suviga aylanib, daryo suvlariga qo’shilish tezligi va miqdori bilan xarakterlanadi.
Ikkinchidan esa, asosan ko’l, suv omborlari va inshootlarning mavjudligi maksimal oqimlarning harakatini sekinlashtiradi.
Maksimal suv sarflarini hisoblashdan maqsad, tog’on va ko’priklarni loyihalashda ularning sel oqimlarini o’tkazish imkoniyatini va suv omborlarida qo’shimcha suv zahirasini saqlash uchun qoldiriladigan tog’on balandligini aniqlashdir.Har qanday inshootdan katta va qisqa muddatda oqib o’tadigan maksimal oqimlarni talofotsiz oqib o’tishini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan hisoblarga maksimal suv sarflarini hisoblash deyiladi va bu hisoblar gidrologiyaning uchinchi masalasi deyiladi. Bu masala ko’p yillik oqimning o’zgaruvchanligi Fostor formulasi yordamida aniqlanadi:
(25.6)
Yoki Kritskiy – Menkel formulasi bilan:


Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling