10-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Oxford va Kambridj universitetlarida ta’lim jarayoni tuzilmasi, boshqaruvi va tashkil etish an’analari


Ekskursiyalar va madaniy dasturlar


Download 168 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi168 Kb.
#247802
1   2   3   4
Ekskursiyalar va madaniy dasturlar

Kundalik mashg‘ulotlarning davomiyligiga qarab, har kuni va dam olish kunlari barcha o‘quvchilar Kembridja, Oxford va London atrofidagi diqqatga sazovor joylarga, madaniyat o‘choqlariga borishlari mumkin. Muzey va ko‘rgazma zallariga safarlar, madaniy tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek Buyuk Britaniyaning mashhur kollejlari bo‘ylab ekskursiyalar o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Kembridjda yosh fozillarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan joylar juda ko‘p: uch yuz yildan beri faoliyat yuritadigan Kristofer Vrem kutubxonasi, o‘z davrining ko‘plab daholari bosib o‘tgan mashhur Ho‘rsinishlar Ko‘prigi, taxta Matematika ko‘prigi, shuningdek, olma daraxtlari tagida ajoyib pikniklaro‘tkazish va daryo bo‘yicha salqin Britaniya yozidan lazzatlanish mumkin bo‘lgan muhtasham Choy Bog‘i.

Ekskursiya dasturlaridan biri Oxford va uning atrofidagi joylarga safar qilishga bag‘ishlanadi. Dastur intirokchilari oksford Universitetining eng qadimiy kollejlariga, mahalliy muzey va yodgorliklarga boradilar, qadimiy ko‘chalar bo‘ylab sayr qiladilar, shuningdek birmuncha vaqtni mustaqil o‘tkazib mashhur shaharda dam olishlari, mazza qilib shopping qilishlari mumkin bo‘ladi.

O‘quvchilar bir yoki ikki kunni Londonda o‘tkazadilar. Bu yerda hammaga ma'lum va mashhur Big Ben kuranti, Vestminster Abbatligi, Bukingem saroyi va ulkan London Dungeon muzeyi joylashgan. O‘quvchilar Temza sohili bo‘ylab sayr qiladilar, muzeylarga boradilar va mahalliy do‘konchalarda esdalik sovg‘alari sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Xullas, dam olish kunlari unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi va yangi g‘alabalar uchun kuch beradi.1


Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling