10-bilet Hududda mavjud bo’lgan injenerlik kommunikatsiyalarining mavjudligi


Download 50.17 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi50.17 Kb.
#1612066
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-11-12 savolla

ekologik talablar - bu atrof-muhit sifatini saqlash va yaxshilashga qaratilgan loyihalarni yaratish jarayoni yoki ular bilan birga (komponentlarni ishlab chiqish), muayyan ekologik talablarga javob berishi kerak bo'lgan loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ekologik talablar asosida bino va inshootlar loyihalanadi hamda ekologik ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalari, chiqindilar paydo bo‘lishi va joylashtirilish joyi hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda loyihalarni ishlab chiqish har qaysi sanoat maydonchasi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi. Maydonchalarda joylashgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatmasligi maydonchalarning bir-biridan uzoqdalik mezoni hisoblanadi.


3.Hokimiyat qarorini olish

12-bilet
1.Geologiya xulosalarini olish

2.Loyiha xujjatlarini davlat ekspertizasidan o’tlazish
3.Qurilish hududini tashash
Qurilish hududini tanlash.
Bino va inshootlarni joylashtirish uchun hudud tanlash dastlabki loyiha ishlarning birinchi va eng muhim bosqichlaridan biridir. To'g'ri tanlangan qurilish uchun yer maydoni kelajakdagi loyihaning muvaffaqiyatli chiqishidan dalolat beradi va aksincha, noto'g'ri tanlangan yer maydoni binoning loyihasini butunlay bekor qilishi mumkin. Shuning uchun, erni tanlash bosqichida loyiha tashkilotiga murojaat qilish juda muhimdir. Ba'zi buyurtmachilar (ayniqsa, qurilish masalalari bo'yicha tajribasi bo‘lmagan buyurtmachilar), qurilish uchun hududni tanlashning asosiy sharti, dastlabki eskiz loyihasi bosqichida kelajakdagi quriladigan binoning konturlari ajratilgan yer maydoniga joylashtirilganligi bilan hisoblashadi. Agar bino quriladigan yer maydoniga joylashtirilsa, buyurtmachi bu erda er bilan bog'liq muammolar tugadi, deb hisoblaydi. Lekin, aslida, bunday emas! Loyihalashdagi va qurilishdagi muammolar faqat binoni yer maydoniga joylashtirish bilan tugamaydi. Quyida kelajakdagi qurilish maydoni masalasi bilan bog'liq asosiy muammolar keltirilgan:

  1. Yong'in xavfsizligi darajasiga va loyihanadigan ushbu binolarning yong'in xavfi darajasiga bog'liq holda chegaralangan yong'in masofalari, loyihalashtirilgan bino va mavjud binolar o'rtasida saqlanishi kerak.[3]55555 tabl Binolarning yong'inga chidamlilik darajasiga ko'ra tasniflanishi KMK "yong'in xavfsizligi" me’yoriy hujjatidan olinadi [4].

  2. Binoning o'zi joylashishidan tashqari qo'shimcha ravishda, avtomobillar turar joyi, boshqa uy-joy uchun xizmat ko‘rsatish maydonlarini (turar-joy binolari uchun) joylashtirishni ham talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu maydonning o'lchamlari me’yoriy qoidalar bilan tartibga solingan.

  3. Bino o‘t o‘chirish avtomobil yo'llari bilan ta'minlanishi kerak. Binoning turiga va xususiyatiga qarab, ushbu binoning bir yoki ikki tarafidan, yoki hatto barcha tomonlaridan o't o'chirish uchun avtomobil yo'llari kerak bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, o‘t o‘chirish avtomobillari uchun yo'llar binoning devorlaridan ma'lum masofada joylashgan bo'lishi kerak va ma'lum bir, tartibga solingan, keng bo'lishi kerak. Bundan tashqari, boshi berk yo‘llar mashinaning aylanib burilib olishi uchun 15x15 m o'lchamlarda bo‘lishi kerak.

  4. Binoning turiga qarab hududning ko'kalamzorlashtirish darajasi % hisobida tartibga solinishi kerak.

  5. Turar-joy binolari, maktablar, bolalar bog'chalari, shifoxonalar va internatlar uchun insolyatsiya ham me’yoriy qoidalar asosida tartibga solinishi kerak, ya'ni bunday bino yorug‘lik ta’minoti bo‘lishi uchun turli burchaklarda o‘rnatilgan bo'lishi kerak.

6. Bulardan tashqari, binoning muhandislik ta'minoti tarmoqlariga (elektr, suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik tarmoqlari, telefon, gaz) ulanish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rib chiqish muhimdir. Tarmoqlarga ulanish nuqtalari ko'pincha qurilish uchun ajratilgan er uchastkasidan tashqarida bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, ulanish nuqtalaridan loyihalanadigan bino maydoniga kirishga qadar bo'lgan tarmoqlar boshqa yer maydonidan tashqaridan o'tkaziladi. Bu o‘z-o‘zidan ortiqcha muammolar va sarf-xarajatlarni keltirib chiqaradi.
8.Sanoat binolari, omborlar, bozorlar va supermarketlarni loyihalashda, mavjud uy-joylar, maktablar, bolalar bog'chalari va boshqa binolari uchun sanitariya-himoya zonasi me’yorlari ko‘rib chiqiladi. 55555 tabl
9.Bundan tashqari, uy-joy qurilishi uchun ajratilgan uchastkaning yonidagi ishlab chiqarish binosi, omborxona yoki bozor bo'lishi mumkin bo'lgan holatlar uchun ham sanitariya-himoya zonasi e’tiborga olinishi kerak. Sanitariya-himoya zonasi me’yorlari qurilish maydoniga tegishli cheklovlarni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda korxona, omborxona yoki bozor sanitariya-himoya zonasini kamaytirish loyihasini ishlab chiqish kerak bo'ladi, ya’ni sanitariya-himoya zonasi SanPiN m’yorlarida o'rnatilganidan kamroq ekanligini isbotlash kerak bo‘ladi. Ushbu loyiha davlat ekspertizasidan alohida o‘tkaziladi.
10.Daryolar va suv omborlari bilan bog'liq sanitariya-himoya zonasi cheklovlarni ham hisobga olish kerak. Bunday hollarda suv tozalash inshootlarini o'rnatish kerak bo'lishi mumkin.
11.Qurilish uchastkasi orqali turli xil muhandislik tarmoqlari o'tishi mumkin, bu esa qurilish jarayonida qurilish maydonchasidan ushbu muhandislik tarmoqlarini olib tashlash, demontaj qilish kerak bo'ladi.
12.Loyihalanadigan binoning o'zi bilan bir qatorda turli yordamchi ob'ektlarni loyihalash va joylashtirish talab qilinishi mumkin. Misol uchun, yong'in xavfsizligi rezervuarlari, elektr podstantsiyalar va boshqalar. Bu, loyihalanadigan binolar uchun hududda qo‘shimcha yer maydonini ajratish muammolarini keltirib chiqaradi.
Download 50.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling