10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi


Download 130.01 Kb.
bet14/19
Sana31.10.2023
Hajmi130.01 Kb.
#1735964
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)

Dastlabki g’oyalar
1 Immunitetni o’rganish pog’onalari (10 daqiqa)
Mazmun va maqsad: O'quvchilarni immun sistemasi bilan bog'liq bo'lgan barcha atamalarni yozish uchun juftlikda ishlashga undang. O’quvchilar “leykotsit”, “antitana” va “emlash” kabi atamalarni qo’llaydilar. So’ngra bir juftlik boshqa juftlik bilan birgalikda, atamalarni tushunarlilik darajasiga ko’ra zinapoya shaklida joylashtiradilar. Zinapoyaning birinchi pillapoyasiga joylashtirilgan atama o’quvchiga mazmunan eng tushunarli atamadir. Qolgan atamalar o’quvchilarga mazmun jihatdan qanchalik darajada tushunarliligi bo’yicha joylashtiriladi, zinapoyaning eng yuqori pillapoyasida o’quvchi uchun yaxshi tushunarli bo’lmagan atama joylashadi.
Navbatdagi vazifalar: muhokama davomida bobni o’rganishni boshlashdan avval o’quvchilar bilishi zarur uch yoki to'rtta asosiy atamalar va ularning mazmunini aniqlab oling. Bu barcha o'quvchilar mavzuni bir xil lug'at boyligi va bilim darajasi bilan o’rganishni boshlashlarini ta'minlaydi.
2 Kontekstdagi emlashlar (10 daqiqa)
Manba: Darslik
Mazmun va maqsad: O'quvchilarga mamlakatingizda qo'llaniladigan emlashlar jadvalini ko'rsating va ulardan qaysi kasalliklarga qarshi emlanganliklarini eslay olishlarini so'rang. Agar mamlakatingizda emlashga nisbatan qarshiliklar mavjud bo’lsa, yangiliklardan bunga oid ma’lumotlarni aniqlang va bu holat sabablarini muhokama qiling. Sinfda muhokamani kengaytirish uchun bir qator savollar bilan murojaat eting: masalan, mustahkam immunitetni ta’minlash maqsadida qaysidir emlashlarni bir marttadan ortiq amalga oshirish zarurmi? insonlar necha yoshlarida emlanadilar?
Navbatdagi vazifalar: Ushbu muhokamani mamlakatda qabul qilingan vaksinatsiya taqvimi bilan hamda salomatlikka xavf soluvchi turli omillar bilan taqqoslang, qizamiqqa oid bo’lgan “Ilmiy matn”ga murojaat qiling. O’quvchilarga nima sababdan turli mamlakatlarning vaksinatsiya taqvimlarida farqlar mavjudligini tushunish uchun o’z partadoshlari bilan “o’yla, birlash va o’rtoqlash” mashqini taklif eting.

Download 130.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling