To’ldiruvchi qism:
Aktiv immunitetni organizmning antitanalar ishlab chiqarish yo’li bilan patogenlardan himoyalanishi deb ta’riflaydi.
Har bir kasallik qo’zg’atuvchisida spetsifik shaklga ega o’z antigenlari mavjudligini ta’kidlaydi.
Antitanalarni antigenlar bilan bog’lanib patogenlarning bevosita o’limiga olib keluvchi yoki fagotsitlar tomonidan nobud qilinishiga yordam beruvchi oqsillar sifatida ta’riflaydi. Spetsifik antitanalar spetsifik antigenlarga mos keluvchi komplementar shaklga ega ekanligini tushunadi.
Aktiv immunitet patogen yuqtirib olinganidan so’ng yoki emlash natijasida hosil qilinishini tushuntiradi.
Emlash jarayoniga ta’rif beradi:
• organizmga kuchsizlantirilgan qo’zg’atuvchilar yoki ularning antigenlari kiritiladi
• antigenlar antitanalar ishlab chiqaruvchi limfotsitlarning immun javob reaksiyalarini keltirib chiqaradilar
• uzoq muddatli immunitetni ta’minlovchi immun xotira hujayralari hosil bo’ladi.
Yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashda emlashning tutgan o’rnini tushuntiradi.
Passiv immunitetni boshqa insondan, shu jumladan ona suti va homiladorlik davrida yo’ldosh orqali o’tgan antitanalar yordamida ta’minlanuvchi patogenlarga qarshi qisqa muddatli himoya deb tushuntiradi.
Go’daklarda passiv immunitetni shakllantirishda ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyatini tushuntiradi.
Passiv immunitetda immun xotira hujayralari hosil bo’lmasligini ta’kidlaydi.
|
Ushbu mavzuda o’quvchilar:
immun sistemasi va organizmning kasalliklarga qarshi himoyalashini o’rganadilar.
|
O’quvchilar immun sistemasi va organizmning kasalliklarga qarshi himoyalashini tasvirlab bera oladilar.
|