10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi
O’qitishning asosiy g’oyalari
Download 130.01 Kb.
|
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmun va maqsad
- Differentsiatsiya g’oyalari: Yordam
O’qitishning asosiy g’oyalari
1 Boshlang’ich bemorni aniqlash (50 daqiqa) Ta’lim maqsadi: Kontaktlarni nazorat qilish usulini modellashtirish orqali yuqumli kasallikning sinfda tarqalishini namoyish eting. Manbalar: qog’oz stakanchalarga quyilgan distillangan suv (har bir o’quvchi uchun bitta). Bir o’quvchiga natriy gidroksid solingan qog’oz stakancha beriladi. Hajm bir xil bo’lishi kerak. Universal indikatorli flakon-tomizgich. Himoya ko’zoynaklari. Mazmun va maqsad: O’quvchilarga aksirayotgan odam va va undan havoga tarqalayotgan tomchilar aks etgan stop-kadrli suratni ko’rsating (odatda o’quvchilar bunga jirkanib qaraydilar!). O’quvchilar bilan aksiratgan vaqtda o’zlarini qanday tutishlarini muhokama qiling va eng yaxshi tajribani ta’kidlang. O’quvchilarga patogenlar tarqalishini ko’rgazmali tarzda modellashtirishni taklif eting. O’quvchilar sinf xonasida harakatlanib, tasodifiy ravishda o’z stakanchalaridagi suvni 3ta boshqa stakandagi suv bilan aralashtiradilar (har bir o’quvchi o’z stakanchasidagi suvdan boshqa o’quvchi stakaniga ozgina quyib berishi zarur). Ular kim bilan va qanday tartibda muloqotda bo’lganlarini yodda saqlashlari zarur. Dars so’ngida virusning tarqalishi indikator yordamida aniqlanadi (o’quvchilarning ko’pchiligi uchun universal indikator yashil rangga, kasallik yuqtirganlar uchun ko’k yoki binafsha rangga kiradi). O’quvchilarga kasallik tarqalishini boshlagan boshlang’ich bemor kim ekanligi haqida xulosa qilishlarini taklif eting. Ma’lumotlarni umumiy elektron jadvalga kiritish va undan birgalikda foydalanish ma’lumotlarni tez to’plash imkoniyatini beradi. Xavfsizlik: natriy gidroksidni ehtiyotkorlik bilan ishlatish zarur. Differentsiatsiya g’oyalari: Yordam: O’quvchilarga patogenlar tarqalishining turli yo’llari ustida mulohaza yuritishni taklif eting. Ularning fikrlaridan foydalanib, bevosita va bilvosita yuqish yo’llarini ham o’z ichiga olgan sodda klassifikatsiya tuzing. O’quvchilar old tomoniga patogen tasviri tushirilgan, orqa tomoniga esa pathogen nomi yozilgan flesh-kartalar tayyorlaydilar. Inson organizmining moslashuvi kasallik yuqishining oldini olishi yoki olmasligi haqida muhokamani davom ettiring. Muammo – ushbu mashqdan o’quvchilar oldiga kasallikning bevosita va bilvosita yuqish yo’llarini tafovut qilish vazifasini qo’yish uchun foydalaning. Patogenlarning bevosita kontakt va bilvosita yo’llar bilan, ya’ni, ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari va suv, quturish bilan kasallangan hayvonlar va chivinlar kabi tashuvchilar orqali yuqishini muhokama qiling. Darslikdagi 10.3–10.6-rasmlardan kasallikning yuqish usullariga misol tarzida namoyish etish foydalaning. Download 130.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling