Xatolik
|
Aniqlash yo’li
|
Bartaraf etish yo’li
|
O’quvchilar patogenlarni “mikroblar” yoki “bakteriyalar” deb atashlari va bakteriyalar va viruslar o’rtasidagi farqni tushunmasliklari mumkin.
|
O’quvchilardan kasallik qo’zg’atuvchilarini to’g’ri ifoda etishda qo’llaniladigan atamalarni sanab o’tishlarini so’rang.
|
O'quvchilar taklif etgan atamalarni ilmiy jihatdan o’rinli qo’llashni tartibga soling.
|
Aksariyat hollarda o’quvchilar patogenlar qanday yo’llar bilan tarqalishini yaxshi bilmaydilar va barcha patogenlar organizmdagi barcha biologik suyuqliklarda tarqalgan deb taxmin qiladilar.
|
O’quvchilardan patogenlarning tarqalish usullarini sanab berishlarini so’rang va eng ko’p uchraydigan misollarni diqqat bilan tinglang.
|
Qon orqali tarqaluvchi patogenlar faqat qondan o’tishi, lekin so’lak, ko’z yoshi yoki shilliq orqali tarqalmasligini ta’kidlang.
|
Odatda patogenning ilmiy nomi so’ralganda, o’quvchilar, kasallik nomini aytadilar. Masalan, “vabo kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya” emas “vabo” deb javob beradilar.
|
Doskaga bir qator kasalliklar nomini yozing, masalan gripp, vabo, bezgak, sil va hk. O’quvchilardan ushbu asosiy atamalar ishtirokida bir yoki ikkita jumla tuzishlarini so’rang.
|
Kasallik nomi uning qo’zg’atuvchisini tavsiflash uchun yetarli emasligini tushuntiring. Doskada yozilgan bir yoki ikki misoldan foydalaning.
|
O’quvchilar vabo kasalligi faqat tabiiy ofatlar vaqtida tarqaladi degan fikrga ega bo’lishlari va bu fikr o’quvchilarda vaboning tarqalish yo’li haqida noto’g’ri tasavvurlar shakllanishiga olib kelishi mumkin.
|
O’quvchilarga vabo kasalligining so’ngi ikki-uch epidemiya holatlarini o’rganish yuzasidan topshiriq bering. Ulardan epidemiya kuzatilgan mintaqalar o’rtasidagi umumiy jihatlarni aniqlashni so’rang.
|
Shunchaki iflos suvga emas, balki oqova suvlar bilan ifloslangan suvga alohida e’tibor qarating.
|