Dastlabki g’oyalar
1 Kasallik va immunitet – dastlabki baholash (10 daqiqa)
Mazmun va maqsad: O’quvchilar darslikdagi “Dastlabki topshiriqlar” ni bajaradilar. Ularga avvalgi mavzulardan o’zlariga tanish atamalar ro’yxatini shakllantirish va shu atamalar ishtirokida jumlalar tuzishni taklif eting.
Navbatdagi vazifalar: o’quvchilardan navbat bilan tuzgan jumlalarini o’qib berishlarini so’rang, so’ng tuzilgan jumlalarni muhokama qiling.
Dastlabki topshiriqlar javobi
O’quvchilar xilma-xil jumlalar tuzishlari mumkin. Masalan: Bakteriya va viruslar- organizmda leykotsitlar tomonidan ishlab chiqariladigan antitanalar yordamida nobud qilinadigan patogenlar.
Kontekstdagi infeksiya- qizamiqning global epidemiyasi (10 daqiqa)
Mazmun va maqsad: O’quvchilarga darslikning 10-bobi boshidagi “Ilmiy matn” ruknida keltirilgan “Dunyo bo’ylab qizamiq epidemiyasi holatlari” maqolasini o’qib o’rganishni topshiring.
Darslik: Qizamiqning global epidemiyalari. Soddadan murakkabga tomon o’tuvchi savollarni ko’rib chiqish uchun “o’yla, taqqosla, o’rtoqlash” mashqida ishtirok eting. So’nggi o’n yillikda ro’y bergan Ebola virusi (2013-2015 yy.), Braziliyadagi Zika virusi (2015-2016 yy.) va Covid-19 virusining tarqalish tufayli ro’y bergan virus epidemiyalarini tahlil qiling. O’quvchilarni virus tuzilishi bilan tanishtirish uchun 10.2-rasmda berilgan orttirilgan immun tanqisligi virusi (OITV) ning elektron mikrofotosuratidan foydalaning.
Navbatdagi vazifalar: Mazkur mashqni Imtihon savollari namunalari bilan bog’lash maqsadida quyidagi ochiq savollar uchun mos buyruq murojaatlari (командные слова) (to’rt burchak qavslar ichida) keltirishni taklif eting:
• Dunyo bo’ylab qaysi hududlarda qizamiq holatlari qayd etildi? (ro’yxat)
• Xo’jayin nima? (ta’riflash)
• “Tarqalish” va “yuqish” o’rtasida qanday farq mavjud? (taqqoslash)
• Qizamiq kasalligi tarqalishiga qarshi qanday choralar amalga oshirilmoqda? (tushuntirish)
• Virus xo’jayin organizmiga ziyon keltirishi sababini ayta olasizmi? (taklif etish)
Do'stlaringiz bilan baham: |