Asosiy qism:
Patogenni kasallik qo'zg'atuvchi organizm sifatida tavsiflaydi.
Yuqumli kasallikni qo'zg'atuvchining bir xo’jayin organizmidan ikkinchisiga o'tishi mumkin bo'lgan kasallik sifatida ta’riflaydi.
Patogenga yuqish yo’llarini izohlaydi:
• bevosita kontakt yo’li bilan, shu jumladan qon va boshqa biologik suyuqliklar orqali;
• bilvosita yo’l bilan, shu jumladan ifloslangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar va havo orqali.
Teri, burun bo’shlig’idagi tukchalar, nafas yo’llari shilliq pardasi, oshqozon kislotasi va leykositlar kabi organizmning tabiiy himoya vositalariga ta’rif beradi.
Kasallik tarqalishini nazorat qilishda quyidagilarning ahamiyatini tushuntiradi:
• toza ichimlik suvi ta'minoti
• ovqat tayyorlash gigiyenasi
• shaxsiy gigiyena
• chiqindilarning oqilona utilizatsiyasi
• oqova suvlarni tozalash (oqova suvlarini tozalash bosqichlariga to’xtalish zarur emas).
To’ldiruvchi qism:
Vabo kasalligiga ifloslangan suv orqali tarqaluvchi bakteriya tomonidan keltirib chiqariladigan kasallik sifatida ta'riflaydi.
Vabo bakteriyasi tufayli ingichka ichakda xlorid ionlari ajralib, bu o’z navbatida suvning ichak bo’shlig’i tomon osmos yo’li bilan o’tishiga olib kelishi, natijada diareya (ich ketishi), suvsizlanish va qondagi ionlar miqdorining keskin kamayishi kelib chiqishini tushuntiradi.
|
Mazkur mavzuda o’quvchilar:
kasallik sabablari va organizmning patogenlarga qarshi himoyalanishini o’rganadilar.
|
O’quvchilar kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar va organizmning patogenlarga qarshi himoyalanishini tasvirlay oladi.
|