Differentsiatsiya g’oyalari
Yordam – o’quvchilar to’ldirishlari zarur jadvalni doskaga chizing. O’quvchilardan o’z juftliklari yoki guruhlarida qo’llanilayotgan usul bilan bog’liq har qanday muammoni muhokama qilib, kelgusi tadqiqotlarda uni yaxshilash uchun takliflar kiritishlarini so’rang.
Muammo- o’quvchilarga ushbu tadqiqot jarayonida duch kelishlari mumkin bo’lgan xatoliklarning manbalarini ko’rsatib o’tishlarini ta’kidlang. Masalan, koloniyalar o’lchamlari juda kichik bo’lgani tufayli ularning sonini hisoblashdagi qiyinchiliklar, shuningdek, koloniya yoki koloniya emasligini aniqlashning subyektivligi.
Baholash uchun g’oyalar: O’quvchilarga 10.2- mashq: “Internet va darslikdan foydalanib kasallik tarqalishini nazorat qilish” mashqini baholash uchun asos bo’ladigan kengaytirilgan topshiriqlar sifatida taklif eting. Mazkur mashqni bajarishda o’quvchilar uch-yoki to’rt kishidan iborat guruhlarda ishlab, toza ichimlik suvi ta’minoti, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash gigiyenasi va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, oqova suvlar hamda boshqa chiqindilar utilizatsiyasi ahamiyatini boshqa guruhlar bilan o’rtoqlashishga qulay shaklda umumlashtirishlari talab etiladi. Ushbu darsning umumlashtiruvchi qismida toza ichimlik suvi ta’minoti, to’g’ri ovqatlanish, chiqindilar utilizatsiyasi va shaxsiy gigiyenani yaxshilashda qo’llanishi mumkin bo’lgan boshqa choralarga alohida e’tibor qarating. Patogenlarning tarqalish yo’llari aks ettirilgan 10.7–10.14 -rasmlarga murojaat qiling.
Plenar g’oyalar
Javobni shakllantirish uchun aqliy hujum (10 daqiqa)
1 Mazmun va maqsad: sinf doskasida o’quvchilarga uch yoki to'rt balli murakkab savolni taqdim eting. O'quvchilarga savolga javob berishlari uchun muhim deb hisoblagan barcha asosiy atamalarni yozishlari uchun besh daqiqa vaqt bering. Tegishli kalit so'zlarni imtihon uslubidagi javobga qanday kiritishni modellashtirishingiz mumkin.
2 Darslikdagi Imtihon savollari namunalari (15 daqiqa)
Do'stlaringiz bilan baham: |