Differentsiatsiya g’oyalari:
Yordam- tabiiy aktiv immunitet, sun’iy aktiv immunitet, tabiiy passiv immunitet va sun’iy passiv immunitetni taqqoslash uchun jadval yoki Venn diagrammasini tuzing. Bunda antigenning ta’siri, immun javob reaksiyasining mavjud yoki mavjud emasligi, klonlar seleksiyasi, plazmatik hujayralar va immun xotira hujayralari tomonidan antitana molekulalarining ishlab chiqarilishi taqqoslanishi lozim.
Muammo— ushbu topshiriqni Darslikdagi “To’rt kun muddat ichida bakteriyalar sonining qanday o’zgarishini izohlab bering”, “10.19-rasmda tasvirlangan immun javob reaksiyasidan so’ng inson boshqa bakteriya turini yuqtirib olsa nima sodir bo’lishini bashorat qiling va tushuntirib bering” kabi 11-13 savollardan foydalanib to’ldiring.
Baholash uchun g’oyalar:
O’quvchilarga kalit so’zlar va tushunchalarni taqqoslash orqali asosiy atamalar haqidagi bilimlarini mustahkamlashni taklif eting. Jumladan:
• antigen /antitana (eng kam talab)
• immun sistemasi /immun javob reaksiyasi (o’rtacha talab)
• aktiv immunitet / nofaol immunitet (yuqori talab).
Plenar g’oyalar
1 Darslikning umumlashtiruvchi savollari (15 daqiqa)
Manba: Darslikdagi 4,5 va 7-9- Imtihon savollari namunalari
Mazmun va maqsad: mazkur savollarning ayrimlarini ushbu darsda o’rganilgan kalit so’zlar va tushunchalarning qisqa ta’rifi sifatida berilishi mumkin. O’quvchilarga qo’shimcha vazifa tarzida Darslikdagi 8-savolni bering.
2 Tushunishni kengaytirish (5 daqiqa)
Mazmun va maqsad: O’quvchilar mazkur darsda tanishgan ma’lumotlar bilan bog’liq konsepsiya yoki g’oyaning qisqa muhokamasini o’tkazing. Masalan, o’quvchilarga monoklonal antitanalar va ularning tibbiyotda qo’llanishi haqida ma’lumot bering, so’ng bulardan antitanalarning spetsifik tabiatini yoki immunodepressant qabul qiluvchi insonlar nima uchun yuqumli kasalliklardan himoyalanishga alohida e’tibor qaratishlarini muhokama qilishda asos sifatida foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |