10-bob. Moliyaviy natijalar hisobi mavzu bo’yicha atamalar
§4. Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar va xarajatlarni hisobi
Download 403.4 Kb. Pdf ko'rish
|
10 BOB MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
§4. Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar va xarajatlarni hisobi Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi. «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: 480 1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti; 2. O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’yektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar; 3. Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish); 4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari; 5. Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar; Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi. Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMA, «Ijara hisobi» nomli 6-son BHMA, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAlar bilan tartibga solinadi. Moliyaviy faoliyat bo’yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi schyotlar ochilishi mumkin: 9510-«Royaltidan olingan daromadlar»; 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar»; 9530-«Foiz ko’rinishidagi daromadlar»; 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar»; 9550-«Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar»; 9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar»; 9590-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar». Ushbu schyotlar tranzit bo’lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotida tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko’payishi, debet oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 481 Royaltidan olingan daromadlar schyotida royalti va kapital transferti bo’yicha olingan daromadlar quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi: Debet 4850-«Royalti bo’yicha olishga tegishli schyotlar» Kredit 9510-«Royaltidan olingan daromadlar». 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida O’zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qo’shish yo’li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aktsiyalar bo’yicha dividendlar quyidagicha provodka beriladi: Debet 4840-«Olinadigan dividendlar» Kredit 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar». 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi: Debet 4830-«Olinadigan foizlar» Kredit 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar». 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettiriladi. Moliyalanadigan lizing bo’yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga quyidagicha provodka beriladi: Debet 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»-joriy qismi Kredit 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar» Moliyaviy lizing bo’yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad summasiga quyidagicha provodka beriladi: Debet 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar» Kredit 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar». 482 Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga quyidagicha provodka beriladi: Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar», Debet 5810-«Qimmatli qog’ozlar» Kredit 9560-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar» 9590-schyotda moliyaviy faoliyatning boshqa turlaridan olingan foyda aks ettiriladi. Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590- schyotlarning kredit oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi. Download 403.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling