10-bob. Moliyaviy natijalar hisobi mavzu bo’yicha atamalar
§5. Favqulotda foyda va zararlar hisobi
Download 403.4 Kb. Pdf ko'rish
|
10 BOB MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Favqulodda zararlar
486 §5. Favqulotda foyda va zararlar hisobi Favqulodda foyda-bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’yektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi. Favqulodda zararlar-bu xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr xarajatlari kirmaydi. U yoki bu moddaning favqulodda foyda yoki zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik; bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik. Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo’jalik yurituvchi sub’yekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo’lsa, u holda-iqlim sharoitlariga bog’liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi. Favqulodda foyda va zararlar quyidagi tranzit schyotlarda aks ettiriladi: 1. 9710-«Favqulodda foyda»; 2. 9720-«Favqulodda zarar». Hisobot davrida korxona faoliyatida sodir bo’lgan favqulotda foyda va zararlar quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi: 1. Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar ortiqchaligining aniqlanishi: 487 Debet 0700-«O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha Debet 0800-«Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 9710-«Favqulodda foyda» 2. Tabiiy ofatlar natijasida tovarlar ortiqchaligining aniqlanishi: Debet 2910-«Ombordagi tovarlar» Kredit 9710-«Favqulodda foyda» 3. Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar kamomadining aniqlanishi Debet 9720-«Favqulotda zarar» Kredit 0700-«O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha Kredit 0800-«Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha Kredit 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha 4. Tabiiy ofatlar bo’yicha xarajatlarning to’lanishi: Debet 9720-«Favqulotda zarar» Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» 5. Hisobot davri oxirida favqulodda foydaning yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi: Debet 9710-«Favqulodda foyda» Kredit 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» 6. Hisobot davri oxirida favqulodda zarar yakuniy moliyaviy natija hisobidan qoplanganda: Debet 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» Kredit 9720-«Favqulodda zarar» Download 403.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling