10-bob. Moliyaviy natijalar hisobi mavzu bo’yicha atamalar


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosalar


Download 403.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana03.11.2023
Hajmi403.4 Kb.
#1744740
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
10 BOB MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI

 
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosalar 
1. Korxonalar faoliyatini baholashning bir qancha sifat ko’rsatgichlari 
mavjud, xususan: korxonaning mutloq to’lov qobiliyati, sof aylanma mablag’i yoki 


490 
aylanma kapitali miqdori, mulk koeffitsienti, moliyaviy qaramlik koeffitsienti, 
rentabellik koeffitsienti, sof foyda. Bular korxonaning moliyaviy natijalarini 
shakllanishiga ta’sir etadigan asosiy omillar bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy 
natijalar-bu xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan tadbirkorlik faoliyati yuritish 
uchun jalb qilingan mablag’ni ma’lum bir hisobot davri jarayonida ko’payishi yoki 
kamayishidir. 
2. Foyda korxonaning tadbirkorlik faoliyati jarayonida mahsulot ishlab 
chiqarish, ishlar bajarish, xizmat ko’rsatish jarayonida yaratiladi. Shuning uchun 
ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan omilar, 
mehnat, kapital va tabiiy resurslar korxona moliyaviy natijasini shakllanishiga 
ta’sir etadi. Korxona faoliyat natijasida olingan sof daromad foyda deyiladi. 
Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab chiqaruvchi bo’lib 
maydonga chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni iste’molchilarga 
sotadilar. Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad 
olinganligini anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot 
ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak. Foydani quyidagi iqtiodiy 
kategoriyalar sifatida talqin etish mumkin: 1. Foyda korxona faoliyati natijasida 
olingan iqtisodiy samara. Lekin yagona foyda ko’rsatkichi yordamida korxona 
faoliyatining barcha tomonlarini baholab bo’lmaydi. Bunday yagona 
ko’rsatkichning bo’lishi ham mumkin emas. Aynan shuning uchun korxonaning 
ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda ko’rsatkichlar 
tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy 
moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan birga uning miqdori va o’zgarishga 
korxonaning xarajatlariga bog’liq bo’lgan hamda bog’liq bo’lmagan omillar ta’sir 
qiladi. Foyda rag’batlantiruvchi funktsiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan 
iboratki, foyda bir vaqtning o’zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy 
resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. O’z-o’zini moliyalashtirish 
tamoyilining real ta’minlanishi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa 
majburiy to’lovlar to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda 
korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning ilmiy-texnik 


491 
va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag’batlantirishni moliyalashtirish 
uchun yetarli bo’lishi kerak. 2. Foyda turli darajadagi byudjetlarni rag’batlantirish 
manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U soliqlar ko’rinishida byudjetlarga kelib 
tushadi va boshqa daromad tushumlari bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o’z faoliyatini bajarishni 
ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy 
dasturlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
3. Korxona foydasi quyidagi ko’rsatkichlari bilan tasniflanadi: 
1. Asosiy faoliyat mahsulotini mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda 

Download 403.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling