10. Elektr podstansiyalarning strukturaviy sxemalari va transformatorlarni tanlash. Reja
Download 273.93 Kb. Pdf ko'rish
|
10. Elektr podstansiyalarning strukturaviy sxemalari va transformatorlarni tanlash.
10. Elektr podstansiyalarning strukturaviy sxemalari va transformatorlarni tanlash. Reja: 1. Issiqliq energiya markazida energiya berish sxemalari. 2. Gas-turbina , bug’-gaz elektrstantsiyalarining strukturaviy sxemalari. Kalit so‘zlar: Issiqliq energiya markazi, bosh sxema, struktura sxema, geneartor, liniya, shina. Elektr energiyani uzatish sxemasi asbob-uskunalar tarkibidan (generator, transformatorlar soni) va turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari (TQ) o‘rtasida yuklamaning taqsimlanishiga bog‘liq. IEM da elektr energiyani uzatishning struktura sxemasi 74-rasmda ko‘rsatilgan. Odatda bunday stansiyalar 6-10 kV li generator kuchlanishidagi iste’molchilarga ega bo‘lib, bosh taqsimlash qurilmasi (BTQ) qurishni taqozo etadi. Energotizim bilan bog‘lanish 110, 220 kV li yuqori kuchlanish liniyalari orqali amalga oshiriladi, shuning uchun IEM da BTQ dan tashqari yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmasi (TQ YUK) quriladi. 74- rasm. IEM ning elektr energiya berish struktur sxemasi. Agar IEM yaqinida energiya ko‘p sarf qiladigan korxona mavjud bo‘lsa, u holda ularni 35 va undan yuqori kV li liniyalar orqali ta’minlash mumkin. Bu holda EMT da o‘rta kuchlanishli taqsimlash qurilmasi (TQ o‘K) nazarda tutiladi (74- rasm, b). IEMga 100, 250 MVt li kuchli generatrrlar o‘rnatilganda, ularni BTQga ulash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bu q. t. toklarining ancha ortishiga, binobarin, BTQning hamma apparaturasining og‘irligi bilan tannarxining oshishiga olib kelgan bo‘lardi. Bundan tashqari, ma’lumki, kuchli generatorlar 13,8-20 kV li nominal kuchlanishga ega bo‘lib, iste’molchilar esa BTQdan, odatda, 6-10 kV li kuchlanish bilan ta’minlanadi. Bularning hammasi IEMning kuchli generatorlarini yuqori kuchlanishli TQ ga generator - transformator bloki sxemasi bo‘yicha bevosita ulashni - maqsadga muvofiq qiladi (74-rasm, v). Download 273.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling