10. Ishlab chiqarish xarajatlari reja


Foyda = umumiy daromad - umumiy xarajat


Download 398.31 Kb.
bet2/10
Sana05.04.2023
Hajmi398.31 Kb.
#1275920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10 mavzu Ishlab chiqarish xarajatlari

Foyda = umumiy daromad - umumiy xarajat

Karolinaning maqsadi firmasining foydasini iloji boricha ko’proq qilishdir.

Firmaning yuqori darajada foyda olishini ko`rib chiqishimiz uchun biz uning umumiy daromadlarini va umumiy xarajatlarini hisob - kitob qilishimiz kerak. Umumiy daromad oddiygina hisoblanadi: Bu firma ishlab chiqaradigan mahsulotlari miqdorini mahsulot sotilgan narxga ko`paytirishdir. Agar Karolina 10000 ta pishiriq ishlab chiqarsa, 2$ dan sotsa, 20000$ umumiy daromad oladi. Solishtiradigan bo`lsak, firmaning umumiy xarajatlarini hisob-kitob qilganimizda bilinar bilinmas ko`proq xarajat bo`ladi.

  •  

XARAJATLAR IMKONIYAT DARAJASIDAGI XARAJATLAR SIFATIDA

  • XARAJATLAR IMKONIYAT DARAJASIDAGI XARAJATLAR SIFATIDA
  •  
  • Karolina pishiriq zavodini yoki boshqa firma xarajatlarini hisoblaganda, birinchi bobdagi Iqtisodiyotning o’nta tamoyilidan birini eslashiga to`g`ri keladi: biror narsaning qiymati unga erishish uchun nimadandir voz kechishdir. Bu mahsulotning imkoniyat darajasidagi qiymati deb ham nomlanadi, ya’ni o`sha birlikni qo`shib olish uchun voz kechilishi shart bo`lgan narsalarning hammasi deb qaralishi mumkin. Iqtisodchilar firmaning ishlab chiqarish xarajatlari haqida so`z yuritganlarida, ular tovarlar va xizmatlarni imkoniyat darajasidagi xarajatlarini ham inobatga oladilar.
  • Ba’zi firmalarning imkoniyat darajasidagi xarajati ochiq oydin ko`zga ko`rinib turadi boshqalarniki esa, aksincha. Karolina un uchun 1000$ to`laydi, bu 1000$ imkoniyat darajasidagi xarajat hisoblanadi, chunki Karolina yana biror narsa sotib olish uchun 1000$dan boshqa foydalanmaydi. Shuningdek, Karolina sifatli pishiriqlar pishirish uchun malakali ishchilarni ishlatadi, firma xarajatlarining ma’lum qismini ishchilar oylik maoshi tashkil qiladi. Chunki bu firmaning imkoniyat darajasidagi xarajati firmaning to`lovlarini to`lash uchun kerak bo`ladi, va bu aniq xarajatlar deyiladi.

KAPITAL QIYMATI IMKONIYAT DARAJASIDAGI QIYMAT SIFATIDA   Deyarli har bir biznesning muhim noaniq xarajatlari bu investitsiya qilingan biznesdagi moliyaviy kapitalning imkoniyat darajasidagi qiymatidir. Misol uchun, tahmin qilish mumkinki, Karolina o`zining zavodini tashkil qilish uchun o`z fondidan 300000$ ishlatdi. Agar Karolina pulini 5%da omonat qo`yganda edi, u har yili 15000$ dan mablag`ga ega bo`lardi. Uning maqsadi pishiriq zavodiga ho`jayinlik qilish, shu sababli u yiliga keladigan 15000$dan voz kechdi. 15000$ Karolinaning noaniq imkoniyat darajasidagi xarajatlari hisoblanadi. Avvalgi mavzularda aytganimizdek, iqtisodchi va hisobchi turli xil yo`llarda hisob - kitoblarni olib boradi va bu ayniqsa homashyolarni hisob - kitob qilganda ko`rinadi. Iqtisodchilar Karolinaning yiliga 15000$ kirimdan voz kechganiga qiziqib voz kechdi, shunday bo`lishiga qaramasdan bu noaniq xarajat bo`lib qolaveradi. Karolinaning hisobchisi buni $15000 hisoblamaydi, ko`rsatib bermaydi chunki, bu yerda biron joyga chiqib ketadigan xarajat yo`q.


Download 398.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling