Muqobil
bobinalar soni,
pilta eni, support stolining siljishi (bu
yerda
barabanni siljishi), ip chiziqli zichligining boshqa sistemaga o‘zgartirish kabi
texnologik omillar avtomatik ravishda mashinani komp’yuterli
boshqaruv tizimi
orqali
hisoblanib, ijro mexanizmlariga uzatiladi. To‘quv g‘altagiga qayta o‘rash
uchun quyidagi ko‘rsatgichlar "To‘quv g‘altagiga qayta o‘rash
omillarini kiritish
paneli" ga (2.24 b- rasm) kiritiladi:
1) to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash tezligi,
m/min;
2) to‘quv g‘altagini o‘zak diametri,
mm;
3) to‘quv g‘altagiga qayta o‘rashda
iplar tarangligi,
cN.
4) to‘quv g‘altagiga qayta o‘rashda jarayonida to‘quv g‘altagining
ilgarilanma-qaytma
harakatlanish miqdori,
mm.
Barcha texnologik omillarni mashinaning xotira bazasida saqlash mumkin.
Chiqindilarni kamaytirish va texnologik jarayon o‘timlaridagi iplar uzunligi
muvofiqligini ta’minlash uchun piltalab tandalash hisobi bajariladi.
Nazorat savollari:
1. Piltalab tandalash jarayoni qanday xollarda qo‘llanilishi xaqida ma’lumot
bering.
2. Piltalab tandlash mashinasining texnologik sxemasini va ishlash prinsipini
tushuntiring.
3. Piltalab tandalash mashinasining unumdorligiga ta’sir
qiluvchi omillarni
noto‘g‘ri kritilganda qanday nuqsonlar kelib chiqishi xaqida tushuntiring?
4. Piltalab tandalash mashinasining boshqaruv paneli va texnologik omillarni
elektron boshqaruv deganda nimani tushunasiz?