Nazorat savollari.
1.Neftning ebuloskopik usulda massasi qanday aniqlanadi?
2. Neftning krioskopik usulda massasi qanday aniqlanadi?
3. Kroskopiyani o‘lchash uchun qurilma?
4. Kroskopiyani o‘lchash uchun qurilma?
11-LABORATORIYA ISHI
Neft mahsulotlarining kinematik va dinamik qovushqoqligini aniqlash.
Nazariy qism: Neftning kimyoviy tarkibi asosan parafinlar, halqali alkanlar va aromatik uglevodorodlardan tashkil topgan. Shular birga neftda yana bir qancha moddalar bor, masalan, oltingugurt, azot, kislorodli birikmalari mavjud. Neft va undan olingan mahsulotlarning tarkibida naften kislotalarining tuzlari bo‘lib, neftni yondirganimizda bu tuzlar kul hosil qiladi. Neft tarkibida juda mayda mexanik chiqindilarning zarrachalari bor. Neft tarkibidagi kulning miqdorini aniqlashdan oldin, uni filtr qog‘ozidan o‘tkazib mexanik chiqindilardan tozalash kerak. Demak, neftning tarkibidagi kul bilan neftdagi turli mexanik chiqindi zarrachalarini aralashtirmaslik kerak. Odatda naften kislotalari va yuqori molekulali uglevodorodlari ko‘p bo‘lgan neftlarda kulning miqdori yuqori bo‘ladi.
Neft tarkibidagi kul odatda yer osti qatlamlarida hosil bo‘ladi. Shu bilan birga neft va uning mahsulotlaridagi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarning tuzlar va metall ioni bor tuzlar bilan reaksiyalarga kirishganlarida ham hosil bo‘ladi. Neftdan turli distillyatrlarni haydab olinganda uning tarkibidagi kul neftning qoldiq qismida qoladi, distillyatga o‘tmaydi. Lekin, bu distillyatlar keyinchalik metall trubalar va yuzalarga tekkanda o‘zlarining tarkibidagi kislota xususiyatiga ega bo‘lgan birikmalar hisobiga tuzlar hosil qilib natijada kul paydo bo‘ladi. Neft mahsulotlarining kul tarkibi ko‘p komponentlardan tashkil topgan bo‘lib, asosan, kalsiy, magniy, temir, nikel va boshqa metallar ham uchraydi.
Kerakli reaktiv,idish va asboblar:
Sharli (Stokes usulida) viskozimetri.
Termostat.
Benzin Ai-91.
Benzin Ai-80
Glitserin
Spirt
Kreosin
Sekundomer.
Ishdan maqsad: Neft yoki neft mahsulotini kinematik qovushqoqligini viskozimetr yordamida aniqlash. Bu usul aniq bir hajmda tekshiriladigan suyuqlikni shar yordamida aniqlashga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |