10-ma’ruza. Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarlik ishlari Reja
Download 304,05 Kb. Pdf ko'rish
|
10-ma’ruza.Alohida shart – sharoitlarda injenerlik tayyorgarliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100 metr , eni 10 metr
Quyunlar uzunchoq tepalik shaklida bo’lib, asosiy shamol yo’nalishiga
perpendikulyar holatda joylashadi. U shamol esadigan tomondan yassi, shamolga qarshi tomondan esa tik ko’rinishga ega bo’lib, uning balandligi 1-3 metr, uzunligi 50-60 metr atrofida bo’ladi. Markaziy Osiyo cho’llarida Barxanlar quyunlarga nisbatan o’zining kattaligi bilan farq qiladi. Odatda ular yerda o’roqsimon shaklda bo’lib, bir-biri bilan ari uyasiday bog’lanib ketgan bo’ladi. Uning uzunligi bir necha 100 metr, eni 10 metrdan bir kilometrgacha bo’lishi mumkin. balandligi esa 5 metrdan 60 metrgacha bo’ladi. Barxanlarning tezligi ham turlicha, ya’ni ba’zan yil davomida 2-3 metr surilsa, ba’zi vaqtlarda bir kecha - kunduzda 10 metr va undan ko’proq suriladi. Barxanlar shaharsozlikda, ayniqsa, cho’l joylarida joylashgan shaharlar (Buxoro, Navoiy, Xorazm, Termez, Ashxobod) uchun ancha xavfli. Chunki u avtomobilь, temir yo’llarni ko’madi, ko’plab kanallarni ishdan chiqaradi, shahar aholisiga, uning o’simliklar dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uning boshqa bir ko’rinishi afg’on shamoli bo’lib, u bir yilda Termezda 40-70 marta, Qarshida va Samarqandda 4 marta, Toshkentda - 5, Namanganda – 20, Farg’onada 12 martagacha bo’lib turadi. Ular to’lqinsimon shaklda shaharlarga yopirilib, uzunligi 3- 4 km, balandligi 50-200 metrga yetadi. Shuning uchun ham cho’l mintaqasida joylashgan shaharlarda chang va to’zondan muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor berilishi kerak. Buning uchun qumni tutib qoluvchi daraxtlarni ekish lozim. Bunda shaharlar atrofidagi injenerlik tayyorgarlik ishlari quyidagi passiv usullardan iborat bo’ladi: - mavjud o’simlik dunyosini saqlab qolish; - qumni ushlab qoluvchi barcha usullardan foydalanish; - qum ko’chishiga qarshi o’t va butalar ekish, saksovulzorlar tashkillashtirish; - maxsus daraxtlardan ixotalar tashkillashtirish. 4 Shaharlarda chang – to’zonga qarshi ishlar uning kuchini hisobga olgan holda asosan chang – to’zon keladigan tomonda amalga oshiriladi. Shuning uchun quyidagi Download 304,05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling