10-ma'ruza. Ekspert tizimlarni qurish vositalari
Download 123.47 Kb.
|
11 mavuz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 . Ekspert tizimni qurishda qo`shimcha vositalar .
- 1. Ekspert tizimlarni yaratishning instrumental vositalari
10-ma'ruza. Ekspert tizimlarni qurish vositalariReja: 1. Ekspert tizimlarni yaratishning instrumental vositalari.2. Ekspert tizimni qurishda muhandislik bilim tillari.3. Ekspert tizimni qurishda qo`shimcha vositalar.4. Ekspert tizim qurish usullari.Tayanch iboralar: Ekspert tizim, ishchi xotira, agent, agregatsiya, sintaktikli, parametrikli, semantikli, EKO, Leonardo, Nexpert Object, Kappa, Instrumental vosita, Muhandislik tillari, Skeletli til, Universal tillari, PROLOG, OPS-5, KRL, LOOPS, PLENER, RLL, HEARSAY-III, TEIRESIAS, EMYCIN, KAS, GURU, EKSPERT-MIKRO, AGE, TIMM, EXPERTEASE, TEIRESIAS ROGET, DENDRAL, MYCIN. 1. Ekspert tizimlarni yaratishning instrumental vositalariInstrumental vositalarni bilimlarni namoyish etish va qayta ishlash darajasiga qarab quyidagicha sinflashtirish mumkin [1-5, 6, 8-10]: 1.An’anaviy (shuningdek, obyektga mo`ljallangan) dasturlashtirish tillari C, C++ (bu tillar nafaqat ET larni yaratishda, balkim rivojlangan instrumental vositalarni ham yaratishda qo`llaniladi). 2. Simvolli dasturlashtirish tillari (masalan Lisp, Prolog va boshqalar). Bu tillar oxirgi vaqtlarda haqiqiy ilovalarda kam ishlatilayapti, chunki ular an’anaviy dasturlashtirish tillari bilan birgalikda ishlatishga yaxshi moslashtirilmagan. 3. ET komponentalarini o`z ichiga olgan vositalar. Bu vositalar ET yaratuvchilariga mo`ljallangan bo`lib, ushbu yaratuvchilardan dasturlash tillarini bilish va dasturiy komplekslardagi komponentlarni birlashtirish bilimlariga ega bo`lishni talab etadi. Bunday vositalarga misol sifatida OPS 5, ILIS va boshqalarni keltirish mumkin. 4. Barcha dasturlashtirish komponentalarni o`z ichiga olgan ET qobig`i. Bunday qobiqlarga EKO, Leonardo, Nexpert Object, Kappa, ESWin va boshqalarni keltirish mumkin. Shuningdek, statik ET larni yaratishda Nexpert Object, ProKappa, ART*Enterprise, Level 5 Object va boshqa qobiqlardan ham foydalaniladi. 5. Muammoli-obyektga mo`ljallangan qobiqlar: - obyektga mo`ljallangan qobiqlar(problem-specific), ular ba’zi bir yechiladigan masalalar sinfiga mo`ljallangan bo`ladi (masalan izlash, boshqarish, tashxis qo`yish, rejalashtirish, bashorat qilish va boshqalar); - obyektga mo`ljallangan vositalar(domain-specific), ular ba’zi bir predmet sohaga mo`ljallangan bo`lib, bu soha haqidagi bilimlarga ega bo`ladi; Instrumental vositalarning yuqorida keltirilgan sinflashtirilishi ET ni yaratishga ketadigan mehnat sarfining kamayish tartibiga asoslangan. 10.1-rasm. 200px-Symbolics3640 – simvolli LISP mashina. Download 123.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling