10-ma’ruza. Elektr o’tkazishlar chizmalarini loyihalash


Har xil maqsadli birgalikdagi qoplamalar zanjiri talablari


Download 82.32 Kb.
bet4/12
Sana31.01.2024
Hajmi82.32 Kb.
#1817598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-ma\'ruza (1)

4. Har xil maqsadli birgalikdagi qoplamalar zanjiri talablari

Har xil priborlarni o’lchash zanjiridan, bir-biridan, shuningdek, avtomatizatsiya tizimini o’lchash zanjirlaridan farqi avtomatlashtirish obekti o’lchov aniqligi darajasi va ularni o’rnatish sharoiti bilan farqlanadi.


O’lchov zanjirini, boshqarish, signalizatsiya va manbani yagona kabel orqali, himoya quvuri orqali va provodalar to’plami orqali birlashtirish mumkin. (kuchlanishi 440 v gacha bo’lgan o’zgaruvchan va o’zgarmas tokda ishlaydigan manba zanjirlari, elektrodvigatellarni ijro mexanizmlarini boshqarishdan tashqari)

  1. O’lchov priborlari zanjirlarida va avtomatlashtirish vositalarida paydo bo’ladigan ta’sirlar belgilangan normadan yuqori bo’lsa, ularni alohida kabellar yoki alohida himoya quvurlari orqali o’tkazish kerak;

  2. Statsionar yotqiziladigan zanjirlar manba kuchlanishi 42 v gacha bo’lgan, texnika xavfsizligi boyicha elektrlashtirilgan instrument va shitlarni yoritishda;

  3. Yong’in signalizatsiyasi va yong’in avtomatikasi sistema zanjirlarida.

Agar piborlarni ishlab chiqaradigan zavodni o’lchov zanjirlarini maxsus o’tkazgichlar bilan yotqizish ko’rsatmasi bo’lsa, yuqoridagi talablar bajarilishi kerak, aks holda priborlarni normal ishlashiga kafolat berilmaydi.
Kuchlanish elektro jihozlari va elektr ta’minot qurilmalarining kuchlanish kabellari, elektr o’tkazgichlar avtomatizatsiya sistemasi kabellari bilan birgalikda tunellar, kanallar, va ochiq ishlab chiqarish binolaridagi ichki va tashqi konstruksiyalar orqali yotqizilganda quyidagi talablar bajarilishi kerak:

  1. Avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgich kabellari , kabel konstruksiyalarida ikki tomonlama joylashganda , kuchlanish kabellari bilan bir-biriga qarama-qarshi joylashishi kerak;

  2. Avtomatizatsiya sistemasi kabellaribir tomonlama o’tkazilganda , kuchlanish kabellari ostidan o’tkaziladi , bunda ular orasiga olovga chidamliligi 0.25 soat bo’lgan azbesosementdan qilingan ularni ajratib turuvchi gorizontal to’sin qoyiladi;

  3. Avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgich kabellari kuch kabellaridagi kuchlanish 1000 V gacha bo’lganda yonma-yon yotqiziladi, agar u birgalikda yotqizish sharoitiga mos bo’lsa;

  4. Ochiq joylarda gorizontal konstruksiyalarda o’tgan avtomatizatsiya tizimi kabellari orasidagi oraliq 100 mm dan kam bo’lmasligi kerak , bitta polkada yotqizilgan kabellar bundan mustasno.

Kollektorlarda avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgich kabellari kuchlanish kabellari, aloqa kabellari , suv, issiqlik, havo o’tkazgichlari bilan yotqizilganda yuqoridagilardan tashqari quyidagilarga ham amal qilish kerak:

  1. Kabel va truboprovodlarni ikki tomonlama joylashishida bir tomondan yuqorisida aloqa kabeli, uni pastida issiqlik o’tkazgichlari, ikkinchi tomondan yuqorida kuchlanish kabellari, undan keyin avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgich kabellari, keyin esa suv o’tkazgichlari o’tkaziladi;

  2. Kabel va truboprovod kabellari bir tomonlama joylashganda yuqorisida kuch kabeli, undan so’ng avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgich kabellari, undan keyin esa suv va issiqlik o’tkazgichlari o’tkaziladi;

  3. Kollektorlarda avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgich kabellarini gaz o’tkazgichlari, tez yonuvchan material va suyuqliklar bilan birgalikda o’tkazish mumkin emas.




Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling