Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1. Umumiy qoidalar
2. Elektr o’tkazishlarni bajarish usullarini tanlash
3. Provoda va kabellarni tanlash
4. Har xil maqsadli birgalikdagi qoplamalar zanjiri talablari
5. Po’lat qutili va lotkali elektr o’tkazishlar provoda va kabellari
6. Himoya trubalarida elektr o’tkazishlar provoda va kabellari
7. Kabelli konstruktsiyalarda ochiq elektr o’tkazuvchilar.
8. Kanallar, tunellar, kollektorlar va bloklarda kabel o’tkazuvchilar.
9. Yerdagi ( transheyadagi ) elektr o`tkazuvchi kabellar.
10. Optik tolali aloqa liniyalarini loyihalash asoslari
11. Qo`llaniladigan OK larning konstruksiyasi va markasi.
12. Optik kabel (OK) larning ulanish turlari.
13. Optik kabellarni yotqizish
1. Umumiy qoidalar
“Elektroprovodka” atamasi deganda o’tkazgichlar va kabellarning va ularga tegishli mustahkamlagichlar va ularni ushlab turadigan himoya konstruksiyasi tushuniladi.
Elektr ustanovka qoidalariga muvofiq quyidagilarga ajratiladi:
Ochiq elektr o’tkazgichlar- binolarni ustidan, devor, potoloklardan,fermalardan va boshqa qurilsh inshootlari ustidan o’tkazilgan: quvurlardan, qutilardan, lotkalardan vaboshqalardan (ochiq elektr o’tkazgichlar statsionar va ko’chma bo’lishi mumkin)
Yopiq elektr o’tkazgichlar-binolarning ichki qismidan, devorlar orasidan, pol va fundamentlar orasidan, yopiq kanallardan o’tkaziladi.
Tashqi elektr o’tkazgichlar-binolarning tashqi qismidan, binolar orasidan, ayvonlar orasidan, quvurlardan, qutilardan va lotkalardan o’tkazilgan.
Elektroprovodka tizimi avtomatizatsiyasi asosan ochiq holda bajariladi.
Kabellarni yashirin o’tkazish binolarni arxitektura talablariga muvofiq fundamentlar ostidan o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |