10-ma’ruza. Elektr o’tkazishlar chizmalarini loyihalash


Po’lat qutili va lotkali elektr o’tkazishlar provoda va kabellari


Download 82.32 Kb.
bet5/12
Sana31.01.2024
Hajmi82.32 Kb.
#1817598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-ma\'ruza (1)

5. Po’lat qutili va lotkali elektr o’tkazishlar provoda va kabellari
Ishlab chiqarish jarayonlari avtomatizatsiya tizimida qutili va lotkali elektr o’tkazishlar kundan-kunga ko’p qo’llanilmoqda. Provoda va kabellarni po’lat qutilar va lotkalarda yotqizish po’lat quvurlarni va montaj vaqtidagi mehnat sarfini kamaytiradi.
Elektr o’tkazgichlarni po’lat qutilar orqali ishlab chiqarish binolarida va tashqi qurilmalarda ko’p miqdorda yotqizish , elektr o’tkazgichlarni himoya quvurlari orqali o’tkazgandan ko’ra texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Agar kabellarni mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda ochiq kabel konstruksiyalarida yoki lotkalarda yotqizish maqsadga muvofiq bo’lmasa, ularni po’lat qutilar orqali yotqizish mumkin.
Avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgichlarini montaj qilish uchun unifikatsiyalangan qutilar va lotkalar konstruksiyasi qo’llaniladi. Ularning tarkibiga har xil elementlar kiradi (ugolnik, troynik, kreystovina, devor orqali o’tkazish elementlari). Bulardan istalgan qiyinchilik va konfiguratsiyalardagi trassalarni yig’ish mumkin.

Qutilar korpus va qopqoqdan tarkib topadi, ular qalinligi 1,5 mm bo’lgan yoyma po’latdan tayyorlanadi. Qutilar oraliq seksiyalari bir-biri bilan payvandlash yo’li orqali ulanadi. Qutilar qopqog’I qulf bilan ta’minlanadi. Qurilma qutilarini o’rnatishda tayanch konstruksiyalar orasi 4 m dan , kuchaytirilgan qutilar qo’llanilganda esa 6 m dab oshmasligi kerak.


Elektr o’tkazgichlarni qutilarda va lotkalar orqali o’tkazishda quyidagi asosiy talablarga rioya qilish kerak:

  1. Qutilarda kabel va provodalarni ko’p qavatli yoyma yoki tartib bilan yotqizish mumkin. Bitta qutida qavatlar balandligi 150 mm dan oshmasligi kerak;

  2. Qopqog’i ochiladigan qutilarda yotqiziladigan kabel va provodalar yig’indisi, ularni tashqi diametri va himoya qoplamasi bilan birgalikda qutini 60 foizini egallashi kerak;

  3. Baland bortli lotkalarda provoda va kabellar ko’p qavatli yoki bog’lamli bo’lishi mumkin. Ko’p qavatli kabel va provodalarni yotqizishda ular ayqash-uyqash yotqizilmasligi kerak.Kabel va provodalarni bog’lamli yotqizishda bog’lam tashqi diametric 80 mm dan oshmasligi kerak.

  4. Diametri 80 mm dan kam bo’lgan bir nechta bog’lamlar jamlanmasi lotka bortidan baland bo’lmasligi kerak;

  5. Qutilar joylashish balandligi chegaralanmagan. Suv va suyuqliklar quti ichida to’planmasligi uchun qutilar qiya holatda o’rnatilishi kerak;

  6. Lotkalar pol va xizmat ko’rsatish maydonchasida 2 m dank am bo’lmagan balandlikda o’rnatilishi kerak;

  7. Quti va lotkalarda provoda va kabellar erkin o’tkazilishi kerak, ya’ni tarang tortilmasligi kerak. Gorizontal uchastkalarda kabel va provodalarni qotirmasdan o’tkazsa ham bo’ladi, ammo vertikal va qiya uchastkalarda ular albatta qotirilishi kerak.

  8. Quti va lotka konstruksiyalarini hisobga olgan holda ularning oralig’i normal eksplotatsiya sharoitini va montajini ta’minlashi kerak:

  9. Quti va lotkalar texnologik va boshqa truboprovod bilan kesishganda oralig’i 50 mm, yonuvchan suyuqliklar va gaz quvurlari bilan oralig’i esa 100 mm dank am bo’lmasligi kerak;

  10. Quti va lotkalar texnologik va boshqa truboprovod bilan parallel yotqizilganda ularning oralig’i 100 mm dan, yonuvchan suyuqliklar va gaz quvurlari bilan oraligi esa 400 mm dank am bo’lmasligi kerak.




Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling