10-ma’ruza. Elektr o’tkazishlar chizmalarini loyihalash


Kanallar, tunellar, kollektorlar va bloklarda kabel o’tkazuvchilar


Download 82.32 Kb.
bet7/12
Sana31.01.2024
Hajmi82.32 Kb.
#1817598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-ma\'ruza (1)

8. Kanallar, tunellar, kollektorlar va bloklarda kabel o’tkazuvchilar.
Tashqi uskunalarga kanallar va tunellar orqali kabel o’tkazish kabellar o’ramini (20 dan ortiq) bir yo’nalishda kabel konstuktsiyalari olib o’tishning iloji bo’lmaganda, yoki kabelni yerdan olib o’tish man qilinganda qo’llaniladi. Ishlab chiqarish inshootlarida kabelni kanallar orqali tortish OEO’ kabel konstruktsiyalaridan olib o’tish imkoniyati yo’qligi uchun qo’llaniladi. Kanalar va tunellar ko’p sarf-xaeajatlar talab qiluvchi qurilma ekanini ta’kidlash lozim. Shuning uchun avtomatlashtirish tizimi uchun kanal va tunellar qurilishi texnikaviy va iqtisodiy asoslangan bo’lishi kerak.
Odatda bunday maqsadlar uchun elektr ta`minoti kuchlantirish qurilmalari kanallari va tunellaridan foydalanishga harakat qilinadi. Bunda texnik va iqtisodiy samaraga erishiladi. Avtomatlashtirish tizimi uchun elektr o`tkazuvchi kabellarni kollektordagi boshqa kabellar bilan birga tortish uchun bu kabellar tizimining yo`nalishi kollektor yo`nalishi bilan bir xil bo`lishi kerak. Avtomatlashtirish tizimi uchun kabel o`tkazishda umumiy kollektor, kanal va tunnellardan foydalanish gohida boshqa kabellarning maqsasi va holati olinishi kerak.
Kabellarni blok orqali o`tkazish usuli kabelning sirtqi qavatini yemirilishiga olib keluvchi muhitlarda , metallar to`kilishi mumkin bo`lgan hollarda, kabellar kesishadigan yo`llarda foydalanib ancha sarf-xarajat talab qiladigan usuldir. Bumday kabel yotqizish uchun Davlat qurilish qo`mitasi taklif qiladigan yig`ma temir beton kanal, kollektor va tunnelar konstruksiyalaridan foydalaniladi. Bloklar temir-beton panellardan, asbest-sement trubalardan, keraklik quvurlardan tayyorlangan bo`lib ularning sirti beton bilan qoplangan bo`ladi. Qurilish inshootlari va tashqi uskunalarda kabellarni kanal, tunnel, kollektor va bloklar orqali o`tkazishda himoya qobig`isiz va yonmaydigan himoya qoplamasi bo`lmagan kabellardan foydalaniladi. Kanal kollektor, tunnel va bloklar qurilmalariga qator talablar qo`yiladi:
Tunnellar boshqa qurilmalar, qo`shni kollektor, tunnel, shaxta va kanallardan o`tda yonmaydigan devorchalar bilan ajratilgan bo`lib, u devorlarning o`tga chidamliligi 0.75 soatdan kam bo`lmasligi kerak. O`ta uzun tunnellar 150 metrdan qilib bo`lib qo`yilishi kerak va bir biridan o`tda yonmaydigan devorlar bilan ajratilgan bo`1lishi kerak. Tunneldan chiqish eshiklarining soni va joylashishi mahalliy sharoitdan kelib chiqib belgilanadi, lekin 2 tadan kam bo`lmasligi kerak. 25 metrdan qisqa tunnellar uchun 1 eshik ruxsat qilinadi. Ajratib turuvchi devorlardan o`tayotgan kabel yonmaydigan quvur orqali o`tishi va teshiklari yonmaydigan materiallar bilan ishonchli yopilishi shart.
Tunnel va kanallarda texnologik yong`in va yer osti suvlari qurishning oldini oluvchi tadbirlar ko`zda tutilishi kerak. Tunnellarda tutun paydo bo`lganda xabar beruvchi moslamalar avtomatik o`t o`chirish qurilmalari, shamollatish qurilmalari o`rnatilishi kerak. Shamollatish qurilmalari yong`in sodir bo`lganda havoni yopib qo`yish uchun to`siqlar bilan jihozlangan bo`lishi kerak. Binolar ichidagi kabel o`tuvchi kanallar oson olinadigan o`tda yonmaydigan plitalar bilan yopilgan bo`lishi kerak.
Tashqi uskunalarda kanallar plitalar ustidan tuproq bilan ko`milgan bo`lishi kerak.( 0.3 metrdan kam bo`lmasin). Faqat xizmat ko`rsatuvchi xodimlarga ruxsat berilgan joylarda ko`mish shart emas. Erigan metallar to`kilishi mumkin bo`lgan, yuqori haroratli suyuqliklar to`kilishi mumkin bo`lgan va kabelning metal qobig`ini yemiruvchi boshqa omillar bor joyda kabel kanallari qurish mumkin emas. Kollektor, tunnel va kanallarda kabel yon devorlarga o`rnatilgan kabel konstruksiyalarga yotqiziladi. Kanalning chuqurligi 0.9 metrdan ko`p bo`lmasa kabelni kanal tubiga yotqizish mumkin. Kabelning kanal, tunnel va kollektorlardan chiqish joyida o`tga chidamliligi 0.75 soatdan kam bo`lmagan devorchalar ko`zda tutilishi kerak.



Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling