10-ma’ruza. Elektr o’tkazishlar chizmalarini loyihalash


Yerdagi ( transheyadagi ) elektr o`tkazuvchi kabellar


Download 82.32 Kb.
bet8/12
Sana31.01.2024
Hajmi82.32 Kb.
#1817598
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
10-ma\'ruza (1)

9. Yerdagi ( transheyadagi ) elektr o`tkazuvchi kabellar.
Avtomatlashtirish tizimi uchun kabellarni yerda yotqizish faqatgina kabellarni boshqa usulda (tashqi uskunalar devorlari estakadalar) o`tkazish iloji bo`lmagan hollarda o`tkaziladi. Bu usuldan foydalanish uchun korxona hududida kabel qobig`iga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan qurilish chiqindilari , kul, oxak, kislota, shlaklar, organic birikmalar va boshqa yer osti kommunikatsiyalar bo`lmasligi kerak.
Transheyalarga kabel yotqizish asosiy talablar quyidagilar:
Transheyalarga 4-5 ko`p bo`lmagan kabel yotqizish mumkin. Kabelning ostiga va ustiga 100 mm dank am bo`lmagan mayda tuproq to`kiladi. Bundan tashqari kabelga mexanik zarar yetkazish mumkin joylar plita yoki kabel yo`nalishiga ko`ndalang g`isht tuproq ustidan qo`yib himoyalanadi. Kabel yotqizilgan chuqurlik 0.7 m bo`lishi kerak. Inshootlarga olib kirilayotganda 5 m oraliqda chuqurlik 0.5 m bo`lishi mumkin, shuningdek boshqa yer osti qurilmalari bilan to`qnashganda va ularni aylanib o`tayotganda ham. Yuqorida sanab o`tilgan hamma holatda kabel mexanik zarar yetishidan himoya qilinishi kerak. Bir transheyaga yotqizilgan avtomatlashtirish tizimi kabellari orasidagi masofa ahamiyatga ega emas.
Ayrim hollarda bir transheyadagi avtomatlashtirish tizimi kabeli va kuchlanish kabellari orasidagi masofa 100mm dank am bo`lmasligi kerak. Kabel yotqiziladigan transheya bilan yonidagi inshoot fundamenti orasidagi masofa kamida 0.6m, (inshootlar ostidan, padvallardan, omborxonalardan transheyadan kabel olib o`tish taqiqlanadi) sovuq suv quvuridan 0.5m, neft va gaz quvuridan – 1m, issiqlik quvuridan-2 m, (quvurlar yonidan o`tuvchi va 0.25 m dan yaqin joylashgan kabellar himoya quvuridan o`tishi kerak.) Quvurlarning bevosita ostidan va ustidan kabel tortish mumkin emas.
Korxonalardagi temir yo`lga parallel o`tgan transheyadagi kabel rng yaqin relsdan 3 m masofada, elektr liniyasi temir yo`l relsidan 10 m masofada yotishi kerak. Bu masofani ta`minlash iloji bo`lmagan hollarda masofani qisqartirish mumkin, lekin kabel bloklar yoki quvur orqali o`tkazilishi kerak. Elektr liniyali temir yo`l yaqinida dielektrik materiallardan ishlangan yoki sirti elektrdan himoyalangan qoplamli quvurlardan foydalanish kerak. Bir-biri bilan kesishadigan kabellar 0.5 m li tuproq qatlami bilan ajratilishi kerak. Kabelning suv, neft, gaz quvurlari bilan kesishgandagi masofa 0.5 m bo`lishi kerak. Korxonalardagi temir va avtomobil yo`llari bilan kesishadigan kabellar quvur orqali o`tishi kerak, bunda masofa yo`1ldan 1 m chuqurda, 0.5 m oqava suv arig`idan , 2 m yo`lning har ikki tomonidan , kabellarni avto va temir yo`llar bilan kesishganda mexanik zarardan himoyalash uchun asbosement, beton, kerakli polietilen quvurlardan foydalaniladi. Quvurning ichki diametri kabelning tashqi diametridan 1.5 marta katta bo`lishi kerak. Quvurlarda suv yig`ilmasligi uchun ular kamida 0.1 % qiyalikda yotqiziladi. Quvurlarning ulanish joylari zichlangan, oxiri probka (tiqin) bilan yopilgan bo`lishi kerak.



Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling