10-ma’ruza. Elektr o’tkazishlar chizmalarini loyihalash


Himoya trubalarida elektr o’tkazishlar provoda va kabellari


Download 82.32 Kb.
bet6/12
Sana31.01.2024
Hajmi82.32 Kb.
#1817598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-ma\'ruza (1)

6. Himoya trubalarida elektr o’tkazishlar provoda va kabellari
Elektr o’tkazgichlarni iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda qutilar , lotkalar va ochiq kabel elektr o’tkazgichlari orqali o’tkazish mumkin bo’lmasa, ularni ishlab chiqarish binolari va tashqi qurilmalarda himoya quvurlari orqali o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Avtomatizatsiya tizimi elektr o’tkazgichlarini o’tkazishda plastmassa va po’lat himoya quvurlaridan foydalaniladi.


Po’lat va plastmassa quvurlarining turlari va qo’llanilish chegarasi.
Provoda va kabellarni quvursiz va plastmassa quvurisiz yotqizish mumkin bo’lmasa, ularni po’lat quvurlar orqali yotqizishga ruhsat beriladi.
Elektr o’tkazgichlarni ishlab chiqarish binolarida atrof-muhit harorati 600C dan oshmaganda plastmassa quvurlaridan foydalanib yotqizishga ruhsat beriladi. Plastmassa quvurlar polietilenli, polipropilenli va vineplastli bo’ladi.
Elektr o’tkazgichlarni issiq sexlarda ya’ni quyish sexlarida plastmassa quvurlari orqali yotqizish ta’qiqlanadi.


1-jadval.GOST-3262-75 boyicha suv,gaz po’lat quvurlari



2-jadval.GOST-10704-76 ga muvofiq rezbali va rezbasiz ulash uchun elektr payvandlanadigan po’lat quvurlar

Elektr o’tkazgichlarni himoya quvurlari orqali montaj qilishda sanoat usuliga qoyiladigan talablar

Hozirgi vaqtda elektr o’tkazgichlarni himoya quvurlari orqali montaj qilish sanoat usuli yordamida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda bu usul 2 bosqichda amalga oshiriladi:


1-bosqichda elektr o’tkazgichlar uchun kerak bo’ladigan egat, kanal, o’tish joylari tayyorlanadi;
Mustahkamlash uzellari, himoya quvurlari bloklari uchun detallar tayyorlanadi.
2-bosqichda elektr o’tkazgichlarni uzellar, bloklar, asosiy quvur paketlar orqali yotqizish va montaj ishlari amalga oshiriladi.


7. Kabelli konstruktsiyalarda ochiq elektr o’tkazuvchilar.
Kabellarni bunday usul bilan tortish avtomatlashtirish tizimlarida keng qo’llaniladi. Bu usul ishlab chiqarish inshootlari va tashqi uskunalarda man qilinmagan hamma hollarda qo’llaniladi. Ishlab chiqarish inshootlarida ochiq elektr o’tkazuvchilar (OEO’) bino konstruktsiyalari, devorlar , pol ostidan va shiftdan olib o’tilishi mumkin. Tashqi uskunalarda esa bino devorlari, kabel va texnologik estakadalarboylab tortilishi mumkin. Alohida ko’zda tutilgan hollardan tashqari hollarda avtomatlashtirish tizimi uchun maxsus kabel estakadasiqo’llanilmaydi. Kabellarni tortish uchun konstruktsiyalar alohida ishlab chiqarilgan elementlardan yig’iladi. Tayanch kabel konstruktsiyalar gorizontal holada bir-biridan 0.8-1.0 m masofada o’tkailadi. Burilish joylarida konstruktsiyalar orasidagi masofa kabelning qayrilish radiusidan kelib chiqib tanlanadi. Avtomatlashtirish tizimida gorizontal yotqizilgan kabellar orasidagi masofa belgilanmagan, lekin vertical tortilgan kabellar orasidag I masofa 100 mm dank am bo’lmasligi kerak. §11.3 da aytib o’tilganidek ishlab chiqarish inshootlaridagi kabel konstruktsiyalarida himoya qobig’iga ega bo’lgan kabellardan foydalaniladi, shuningdek himoya qobig’isiz lekin yonmaydigan sirtga ega kabellar poldan 2 metr balandlikda o’tkazilishi mumkin.
Tashqi uskunalarda esa himoya qobig’iga ega bo’lgan kabellar ruxsat etiladi. Yonuvchi konstruktsiyalar va yuzalarda himoya qobig’I ustidan yonuvchan qatlami bo’lgan kabellardan foydalanish mumkin emas. Himoya qobig’iga ega bo’lmagan kabellarni gorizontal o’tkazishda ulab osilib qolmasligi kerak.
Kabel konstruktsiyalarida ochiq holda kabel tortish uchun qoyilgan asosiy talablarni ta’kidlab o’tish joiz:
-kabellar yo’nalishini iloji boricha to’g’ri chiziqli qilish kerak.



Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling