10-ma’ruza. Genomikani o’rganishda bioinformatikaning roli Bioinformatika fanining maqsadi va uning genomika fani rivojlanishidagi ahamiyati. Bioinformatika


Bioinformatika quyidagilarni o’z ichiga oladi


Download 36.13 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi36.13 Kb.
#1472253
1   2   3   4
Bog'liq
10-ma\'ruza

Bioinformatika quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • qiyosiy genomikada komp’yuter tahlilining matematik usullari (genom bioinformatikasi);

  • oqsil strukturalarini bashorat qilish uchun algoritm va dasturlarni ishlab chiqish (strukturaviy bioinformatika);

  • muvofiq hisoblash uslubiyatlari strategiyasi tadqiqoti hamda informatsion murakkablikning biologik tizimlar tomonidan umumiy boshqarilishi.

Bioinformatika biologiya sohasining quyidagi yo’nalishlarida qo’llaniladi:

  • Genomika, transkriptomika va proteomika;

  • Rivojlanish biologiyasida komp’yuter modellashtirish;

  • Gen tarmoqlarining komp’yuter tahlili;

  • Populyatsion genetikada modellashtirish.

Bugungi kunda bioinformatikaning quyidagi bo’limlari mavjud:

  • Umumiy bioinformatika;

  • Klinik bioinformatika;

  • Strukturaviy genomika;

  • Funksional genomika;

  • Farmakogenomika;

  • Klinik proteomika;

  • Funksional proteomika;

  • Strukturaviy proteomika.

Bioinformatika  bu biologik ko’rsatkichlarni ifodalashda foydalaniladigan usullar va dasturlarni ishlab chiquvchi fan. Tadqiqotchi tomonidan biologiyaning biror sohasida tajribalar olib borgan sayin ushbu yo’nalishga oid biologik ma’lumotlar ko’lami ortib boraveradi. Bu esa ushbu ma’lumotlarni qo’lda analiz qilish imkonini qiyinlashtiradi. Xuddi mana shu yerda biolog axborot texnologiyalariga ehtiyoj seza boshlaydi. Biologik ko’rsatkichlarni kompyuter unga yuklangan dastur asosida hisoblaydi, guruhlarga ajratadi, analiz qiladi, qayta ishlaydi. Bu ishning aniq va qisqa vaqtda amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hozirgi rivojlangan dunyoda alohida fanlar katta yutuqqa erisha olmaydi. Integratsiyalashgan fanlar yoki yo’nalishlar esa nisbatan ulkan natijalarga erisha oladi. SHu bois agar biolog o’z navbatida axborot texnologiyalaridan, dasturlash tillaridan xabardor bo’lsa, mehnat bozorida unga bo’lgan ehtiyojning yuqori bo’lishiga va o’z navbatida katta moliyaviy manbaga erishishiga sabab bo’ladi. Ayni vaqtda farmatsevtika, biotexnologiya, meditsina, biokimyo, biofizika, ekologiya, filogenetika, genetika kabi sohalarda bioinformatika fani va uning metodlariga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Hattoki klassik fanlardan hisoblangan sistematika, zoologiya, botanika fanlari ham so’nggi o’n yillikda bioinformatikaga tez-tez murojaat qilmoqda. Ayniqsa turlarni aniqlash borasida bioinformatika usullaridan keng foydalanilmoqda.



Download 36.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling