10-ma’ruza. LabView dasturlash muhitida avtomatlashtirish asoslari


Download 0.8 Mb.
bet2/9
Sana05.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1431750
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu №10

Grafiklarni birlashtirish
Diagrammalar grafigi bir nechta grafiklarni akslantirishi mumkin. Akslanayotgan ma’lumotlarni birlashtirish uchun Functions => Cluster palitrasida joylashgan Bundle funksiyasi xizmat qiladi. Masalan 4-rasmda keltirilgan blok diagramma Bundle funksiyasi yordamida uchta VA tagdasturining chiqish ma’lumotlarini keyinchalik diagrammalar grafigida uchta egrilikni akslantirish uchun birlashtiradi. Ma’lumotlar grafigi terminali chiqish funksiyasi Bundle maydoniga mos keluvchi klaster tipli ma’lumotlarga ega. Bundle funksiyasi ma’lumotlar kiritish maydonlarining sonini ko‘paytirish uchun siljitish instrumenti yordamida uning o‘lchamini kattalashtirish kerak. Ma’lumotlarni akslantirishning ikki tipi mavjud: Stack Plots (egriliklar ostma ust joylashgan) va Overlay Plots (barcha egriliklar bitta grafikda). Talab qilingan tipni kontekst menyusidan tanlash mumkin.

4-rasm.
Ossillogrammalar grafigi va ikki koordinatali ossillogrammalar grafigi
Ossillogramma ko‘rinishidagi grafiklarga odatda ma’lumotlar massivi beriladi. 5-rasmda grafik elementlari ko‘rsatilgan.

5-rasm. 1-Ossillogrammalar xossalarini boshqarish paneli (Plot legend); 2- Kursor(Cursor); 3- Asosiy o‘lchamli tor (Grid mark); 4- Qo‘shimcha o‘lchamli to‘r (Mini-grid mark); 5 - Grafikni boshqarish elementlari palitrasi(Graph palette); 6 - Kursorni siljitish paneli (Cursor mover); 7- Kursor xossalarini boshqarish paneli (Cursor legend); 8- Shkalani boshqarish paneli (Scale legend); 9- Shkala X (X-scale); 10- Shkala U (Y-scale); 11- Grafikning xususiy belgisi (Label).

Ossillogrammalar grafigi (Waveform Graph) va ikki koordinatali ossillogrammalar grafigi (XY Graph) ham Controls =» Graph palitrasida joylashgan. Ossillogrammalar grafigi faqat X o‘qi bo‘yicha nuqtalari bir tekis taqsimlangan u =f(x) kabi bir xonali funksiyalarni aks etadi. ikki koordinatali ossillogrammalar grafigi istalgan nuqtalar to‘plamini akslantiradi, hoh u bir tekis taqsimlangan tanlanma bo‘lsin, hoh yo‘q. Ossillogrammalar majmuini tasvirlash uchun Plot legend panelining o‘lchamini o‘zgartirish kerak. Ossillogrammalar majmui grafigi old paneldagi maydonni tejash va ossillogrammalarni bir biri bilan taqqoslash uchun qo‘llaniladi. Ossillogrammalar grafigi va ikki koordinatali ossillogrammalar grafigi ossillogrammalar majmuini akslantirish rejimini avtomatik tarzda tutib turadi.




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling